O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


O`zbek tilining tovush tizimi va yozuvi



Yüklə 3 Mb.
səhifə3/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

O`zbek tilining tovush tizimi va yozuvi
O`zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida"gi qonunga muvofiq o`zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
Tarbiyachi savodxonlikka o`rgatish jarayonida o`zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olib mashg`ulotlarni rejalashtirishi lozim. Buning uchun o`zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savodxonlikka o`rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o`zbektilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so`z va bo`g`in boshida qo`llanadi (ekin, echki, echkemar), undoshdan keyin o`rta keng lablanmagan unli tarzida o`qiladi (kel, tez).
O harfi o`zbekcha, umumturkiy so`zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, rus tilidan o`zlashgan so`zlarda urg`usiz bo`g`inda a tarzida (botanika), o` tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) kabi talaffuz qilinadi.
A tovushi bahor, savol kabi so`zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi so`zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so`zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so`zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O`zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 20 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jumal), j (joja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o`rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Savodxonlikka o`rgatish davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo`g`n va so`z taikibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o`rgatiladi. Harf birikmalarini o`rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning savodxonlikka o`rgatish davrining oxirgi bosqichida o`rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, birinchi portlovchi j tovushini o`rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko`nikmalar hosil qilinadi, keyin esa sirg`aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o`rgatiladi. So`ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach o`rgatiladi. Tarbiyalanuvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o`qish va yozishga ko`nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o`qiladigan holatga to`xtalmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo`yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so`ng kelsa, uni cho`zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so`ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo`llashga doir ko`nikmalar shakllantiriladi.
Savodxonlikka o`rgatish jarayonida harflarning bosh va kichik bosma shakli va ularning ishlatilish o`rni o`rgatiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin