O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi viloyati tumani



Yüklə 127,17 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü127,17 Kb.
#207602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ISHLANMALAR

Samarqand – O’zbekistondagi masjid va maqbaralar, obidalarning ko’pligi bilan mashhur bo’lgan tarixiy shahar. Sharqni o’rta yer dengizi mamlakatlari bilan bog’lagan buyuk ipak yo’lining bir yo’nalishi Samarqand orqali o’tgan. XV-XVII asrlarda shakllangan va uch madarasadan tashkil topgan Registon maydoni va go’ri Amir maqbarasi ham aynan shu shaharda joylashgan. Buyuk Amir temur saltanatning poryaxti ham Samarqand shahri bo’lgan.


Buxoro – Buyukipak yo’li o’tadigan qadimiy o’zbek shaharlaridan biri Buxorodir. Shahar o’rta asrlarda islom dini va madaniyatining markazi bo’lgan. Sharqdagi ilk madrasalar ham aynan Buxoroda ochilgan. Bugungi kungacha IX-XVII asrlarda qurilgan yuzlab tarixiy binolar saqlanib qolgan. Buxoro shahri ko’plab buyuk olimlar, allomalar, vatani hisoblanadi. Imom al-Buxoriy, Ibn Sino Buxoroda tug’ilgan . Imoil Somoniy maqbarasi ham Buxoroda joylashgan.
Xiva – O’zbekistonning Xorazm viloyatidagi tarixiy shaharlardan biri. Shahar ichki qismi Ichan qal’a deb nomlanadi va mustahkam mudofaa devoir bilan o’ralgan. Mazkur tarixiy obida, Yuneko tomonidan jahon me’rosi ro’yxatiga kiritilgan.


Tarbiyachi: bolajonlar bizning Vatanimiz O’zbekiston o’rta Osiyoda joylasgan. Kelinglar, globusggan O’rta Osiyoni topamiz.


Savollar: 1. Globus nimaligini bilaizmi?
2. Globus qanday shaklda?

Tarbiyachi: Bolalar mana bu O’zbekistonimizning xaritasi. Kelinglar xaritadan qadimiy shaharlarimizni ko’rib chiqamiz.


Samarqand shahri – Samarqand viloyatida joylashgan. Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Buxoro shahri – Buxoro viloyatida joylashgan. Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Xiva shahari – Xorazm viloyatida joylashgan bo’lib, Qoraqalpog’iston bilan chegaradosh.
Tarbiyachi: bolalar kim yana Vatan haqida she’r aytadi.
Bola: Ona Vatan dono Vatan,
Hammamizga xona Vatan.
Quchog’ingda yayrab o’sdim,
Yo’q birorta kami ko’stim.
Bola: Yurtimsenga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o’z yurtin buyun,
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o’lka bo dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari.
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston Vatanim manim.
Bola: Vatanim Osmonida
Quyosh kulib boqadi.
Uning oltin shu’lasi,
Bog’larga gul taqadi.
Jismoniy daqiqa: “Biz shahar bo’ylab qadam bosamiz”. Nutqiy harakatli o’yin.
Biz shaharda yuramiz,
Ko’p ko’ramiz, aytamiz.
Svetofor, mashinalar,
Bozorlar va do’konlar.
Xiyobon, ko’cha, ko’prik,
Daraxt , buta, o’simlik.
Tarbiyachi: bolalar kelinglar endi Vatan haqida maqollardan aytamiz.
Bola: Bulbul chamanni sevar
Odam Vartanni.
Bola: Vataning tinch, sen tinch
Bola: Vatan sevgisi ortar,
Mehnat sevgisi tordar.

Bola: Vatani borning, baxti bor,


Mehnati borning taxti.
Bola: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
Didaktik o’yin: “Buzilgan telefon”.
Maqsad: Bolalarni diqqat e’tibori va xotirasini rivojlantirish.
Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi biror bir bolaning oldiga borib, do’stining qulog’iga qadimiy shaharlar haqida sekin ma’lumot aytadi. Ishtirokchilar br-birlariga shivirlab bu xabarni yetkazishlari kerak. O’yin oxirida esa oxirgi va birinchi ishtirokchi aytgan xabar ovoz chiqarib aytiladi.
Bolalar markazlarga yo’naltiriladi.

Yüklə 127,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin