O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi viloyati tumani


Muallif: - A.Temurning qizidan nabirasi Xusayn o’ziga meros tegmagani bois Misr va SHom sultoni Faraj bilan A.Temurga qarshi ittifoq tuzadi. Mulozim



Yüklə 127,17 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü127,17 Kb.
#207602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ISHLANMALAR

Muallif: - A.Temurning qizidan nabirasi Xusayn o’ziga meros tegmagani bois Misr va SHom sultoni Faraj bilan A.Temurga qarshi ittifoq tuzadi.
Mulozim: - G’aroyib xushxabar, a’lohazrat!
Faraj: - Xushxabar?
Mulozim: SHunday,a’lohazrat!... G’anim podshosi Amir Temurning Husayn otliq bir bir nevarasi mingta navkari birlan hozirgina biz tomong’a qochib o’tdi!
(SHaxzoda olib kiriladi)
Faraj: - Qulog’im sizda, shahzoda?... Maqsadga ko’ching?
Husayn: - SHomning ulug’ sultoniga sidqidildan xizmatg’a keldim!
Faraj: - Sabab?
Husayn: - CHunki men o’z bobomdan norizomen!
Faraj: - Aniqroq so’ylang! Boisi nedur norizolikning?
Husayn: Boisi... boisi, bobom... Muxammad sultonni o’z valiaxti etib e’lon qildi. Boshqa nabiralariga ham yer mulk inom qildi. Men qizidan tug’ilg’onim uchunmu bilmadimu ammo bularning barisida benasib qoldim. Men endi o’z ulushimni kurashib qo’lga kiritmoqchiman.
Muallif: - A.Temur jangda g’olib bo’ldi. Misr sultoni qochib ketdi. Husayn qo’lga olindi. Ammo A.Temur ushbu g’alabadan hursand emas. CHunki uning qalbiga xiyonat o’z xanjarini urgan.
SHoxmalik: - A’loxazrat jangox bo’ylab g’alaba shodiyonalari yangramoqda. Kuch-qudratda Qamariddin va To’xtamishlarning qolishmayturg’on xatarli bir g’animingiz sulton Faraj bugun mag’lub etildi. Amirzoda SHohruh Mirzo Husaynni asirga olib o’z chodirig’a kelturdi.
A mir Temur: - (azobda) G’alaba, ulug’ zafar. Hech bir g’alaba, hatto mag’lubiyatdin keyin ham men bunchalik mahzun holatda bo’lmag’on erdim. O’z nevaram o’z qo’limda asir! Ne-ne sinovlarg’a duchor qilmadi-ya meni Ollohim. Jangdan chiqqan sarkardalar biroz nafas rostlab olg’onlaridan so’ng, amirzoda SHohrux Mirzo Husaynni huzurimga olib kirsin.
SHoxmalik: - Bosh ustida (husaynni olib keladi)
Husayn: - Bobo!... Bobojon!... Meni afv eting? Tavbamga tayandim, bobojon... Kechiring, men beandishani, kechiring?

Yüklə 127,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin