II Bob. Tayyorlov guruhi bolalarini ahloqiy sifatlarini shakllantirish II.1. Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalq qo`shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati
O`zbek xalq og`zaki ijodida bolalar tarbiyasida qo`shiqlar salmoqli o`rin egallaydi. “Qo`shiq” atamasi turkiy “qo`shmoq” fe’lining o`zagidan yasalgan bo`lib, misraga misrani qo`shib kuylash, aytish ma’nolarni anglatadi va bu atama ikki ma’noda qo`llanib, keng manoda, (ya’ni) u og`zaki lirikani anglatadi va bu ma’no, ya’ni she’riyat, qasida atamasi, qo`shiq ma’nolari Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asarida ham qayd etilgan tor ma’noda qo`shiq atamasi og`zaki lirik turga mansub mustaqil janrni anglatadi.
Qo`shiqning mustaqil janr atamasi esa asarda ifodalangan mazmunga qo`shiqning ijro o`rni, tarzi va funktsiyasiga qarab turli sifatlovchilar bilan birgalikda nomlanadi. Masalan, qo`shiq mehnat jarayonida ijro etilgan bo`lib mazmunan mehnat jarayoni bilan bog`liq bo`lsa bunday qo`shiqlar mehnat qo`shiqlari deb yuritiladi. Yoki qo`shiqda ishq-muhabbat kuylansa bunday qo`shiq lirik qo`shiqlar deyiladi va hakozo.
Xalq qo`shiqlarida voqelik yakka shaxsning kechinmalari orqali aks etadi. Biroq bu kechinmalar jamoaning his-tuyg`ulari bilan uyg`unlashgan bo`ladi. Chunki xalq og`zaki ijodida yakka shaxsning kechinmalarini jamoa kechinmalarini ifodashning bir vositasi bo`lgan. Shuning uchun xam xalq qo`shiqlarida mehnatkash xalqning ruxiy kechinmalari, dunyo qarashi to`laqonli aks etgan.
Qo`shiqlar xalq ma’naviyatining qudratini, mehnatkash omma irodasining bukulmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka jasoratga, mexnatsevarlikka va elparvarlikka, do`slikka, sevgida sadoqatga chorlaydi.
Xalq qo`shiqlari, asosan, barmoq vaznida yaratiladi. Masalan, Alisher Navoiy o`zining “Mezonul avzon” asarida qo`shiq janrlariga ham alohida to`xtalib o`tgan.
Uning ko`rsatib o`tishicha, qo`shiq kuylanish va o`yin vositasida ijro etilishi ham mo`ljanlangan xalq qo`shiqlarining aruz vazniga mos keluvchi turlari haqida to`xtalib, u ikki vaznni qayd etadi. Birinchisi, xalq qo`shiqlarida tabiiy tovushlar uyg`unlashishi tufayli vujudga kelgan vazn bo`lib, u arab xalq she’riyatdagi modidi muammoni solim (faylatun. Falotun faylatun, folun) ga to`g`ri keladi, ikkinchisi esa H.Bayqaro tomonidan isloh qilinib, u ko`pgina qo`shiqchilar orasida keng tarqalgan bo`lib, u ramanli muammoni makruf (faylatun, folotun faylatun folun) vaznida iborat.
O`zbek xalq qo`shiqlari janri mansubiyati, yaratilishi davri, ijro o`zini turi kabilari jihatidan xilma-xillik kasb etadi. Bu jihatdan xalq qo`shiqlari marosimi va 30 marosimga aloqasiz qo`shiqlarga bo`linadi. To`y va boshqa marosimlarda ijro etiladigan yoki motam yig`inlari marosim qo`shiqlarini tashkil etadi.
Marosimga aloqasiz qo`shiqlarga esa mehnat hamda lirik qo`shiqlarga mansub, yana beshik qo`shiqlari ham bor.
Bola tug`ilishidan tili so`zga o`rganib yurib ketguncha qadar kattalar ularga alla aytib beradilar, onalar-tarbiyachliar bola bilan turil xil mashg`ulotlar o`tkazadilar, turmushda bola uchun zaruz bo`lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o`rgatadilar. Bolalar uchun anna shu xil aytilib yurgan, bir ikki emas, barcha onalar og`zida tarqalgan fol’klorning bu janrini beshik qo`shiqlari deganlar. O`zbek xalqining uzoq davrlaridan buyon yaratgan bola tarbiyasi haqidagi pedagogik tajribasi jismoniy tarbiyasida beqiyosi buyukdir
Garchi beshik qo`shiqlari qadimdan bor bo`lsalar ham, ularni xalq og`zaki ijodining janri sifatida to`plash va ilmiy jihatdan o`rganish bizda asrimizning yigirmanchi yillaridagina boshlanadi.
Beshik qo`shiqlari davri bolalar fol’klorini yuqorida aytganimizdek, birmuncha kengroq doirada: allalar, ovunchoqlar, ibrat-o`git so`zlari misolida ko`rib chiqish mumkin.
Onalarning farzandiga, beshik yonida aytgan lirik kuylari o`zbeklarda ko`pincha, “alla” nomi bilan yuritilgan. Allaning qadim vaqtlarda “balu-balu” deyishi ham ma’lum. A.Navoiy esa “alla” aytishni “ navoro` ” deb atadi.
Ko`zining nozi eldan eshitib uyqu,
Anga uyqu keturmakka navog`o`
A.A.Ibn Sino “alla”larning bola tarbiyasidagi rolini aytib, bu masalada faqat jismoniygina emas ruhiy xolati ham diqqatimizni tortadi: “Bolaning mijozini kuchaytirimoq uchun, unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri – bolani sekin-asta tarbiyalash, ikkinchisi – uni uxlatish uchun odat bo`lib qolgan musiqa va allalashdir.
Xalq qo`shiqlaridan yana biri mehnat qo`shiqlaridir. Qadimgi ajdodlarimizning mehnat faoliyatida muayyan mehnat qilishga mos keluvchi oddiy qichqiriqlardan tortib bir daraja yuqori musiqaga ega bo`lgan she’riy parchalargacha o`z ichiga oladi. Ana shu oddiy xitob hamda she’riy belgilar mehnat qo`shiqlarining asosini tashkil etadi. Chunki ular ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita aloqadorlikda vujudga kelib ana shu jarayonda taraqqiy etgan.
Mehnat qo`shiqlari rang-barang janrlardan tashkil topgan bo`lib, ularni bir turkum doirasida ushlab turuvchi bir necha xususiyatlar mavjud. Ulardan biri barcha janrlarning bevosita u yoki bu mehnat turi bilan bog`liqligi hisoblanadi. Masalan: qo`sh xaydashda aytiladigan qo`shiqlarni g`alla yanchish paytida ijro etib bo`lmaydi. Mehnat qo`shiqlariga xos xususiyatlardan biri ularning engil ritimga, qofiyalanish tarziga va poetik uslubiga egaligida ko`zga tashlanadi. Shuning uchun ularda murakkab poetik ramzlar, majoziy obraz va ko`chimlar uchramaydi.
Xullas, yuqorida ko`rsatilgan xususiyatlar mehnat qo`shiqlariga ijro o`rni va tarzi, musiqiy tabiati va poetik xususiyatlariga qarab musaqil janrlar sisemasidan tarkib topgan xalq poeziyasining qadimiy turkumi sifatida qarash xuquqini beradi.
Xullas, yuqorida ko`rsatilgan xususiyatlar mehnat qo`shiqlariga ijro o`rni va tarzi, musiqiy tabiati va poetik xususiyatlariga qarab musaqil janrlar sisemasidan tarkib topgan xalq poeziyasining qadimiy turkumi sifatida qarash xuquqini beradi.
O`zbek mehnat qo`shiqlarini quyidagicha guruxlarga ajratib o`rganish lozim. Bular:
Dehqonchilik bilan bog`liq qo`shiqlar.
Chorvachilik bilan aloqador qo`shiqlar.
Xunarmandchilik bilan bog`liq qo`shiqlar.
O`zbek xalq og`zaki ijodida ovchilik, savdo-sotiq kabi mehnat turlari bilan bog`liq qo`shiqlar xozir saqlanib qolmagan. Shuning uchun ham aytilgan mehnat turi bilan bog`liq qo`shiqlarga tasnifdan o`rin berilmaydi.
O`rta Osiyo xalqlari qadim-qadimdan dexqonchilik bilan shug`ullanib keladi. Binobarin, mehnatning bu turi bilan bog`liq qo`shiqlar rang-barang bo`lib, ulardan bizga qadar “Qo`sh qo`shiqlar”, “O`rim qo`shiqlar”, “Xirmon qo`shiqlari kabi janrlargina etib kelgan. Bevosita dexqonning mehnat jarayoni bilan bog`liq bo`lmasa ham, biroq uning mehnat samarasi bo`lgan narsalar bilan aloqador qo`shiqlar ham mehnat qo`shiqlari doirasida olib qaraladi. Masalan, g`allani yorg`ichoq yordamida un qilish jarayonida ijro etiluvchi qo`shiqlar “yorg`ichoq qo`shiqlari” atamasi bilan daxqonchilik qo`shiqlari doirasida olib qaraldi.
Qo`sh qo`shiqlar. Dexqon mehnati erta bahorda er haydashdan boshlanadi. Er haydash esa og`ir jismoniy mehnat bo`lib, bunda tinkani quritadigan mehnat 32 payitida dexqon qo`shiq kuylab, o`zini ovutadigan va shu orqali mehnatning og`ir azobini unutgan.