O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


II.2. Mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda bolalar fikrlash jarayonini shakllantirishda xalq topishmoqlaridan foydalanish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə6/7
tarix18.06.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#132191
1   2   3   4   5   6   7
48 Mamatqulova G Kurs ishi (2)

II.2. Mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda bolalar fikrlash jarayonini shakllantirishda xalq topishmoqlaridan foydalanish
O`quv jarayonida ertaklar bilan bir qatorda topishmoq, tez aytishlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini mashg’ulotliklarida bir necha mavzularga oid, predmetlarga oid maqollar, topishmoq va tez aytishlar berilgan. Bular, albatta, tarbiyalanuvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.
Mantiqiy tafakkurni o`stirishda topishmoqlarga javob topish matematik masala, misol yechish bilan teng kuchga ega. Ba’zi tarbiyalanuvchilar topishmoqlarga javob topishni ermak deb biladilar. Afsus, bunday o`ylashlari noto`g`ri. Chunki har bir topishmoq aytilganda tarbiyalanuvchi aqlni ishga soladi, o`ylaydi, fikrlaydi.
Topishmoqlarni tarbiyalanuvchilar solishtirish va qiyoslash yo`li bilan javobini topishga intiladilar. Topishmoq matnini o`qish orqali tarbiyalanuvchilar avvalo, topishmoq janriga xos xususiyatlari o`rganadilar, to`g`ri o`qish malakasini egallab beradilar.
Topishmoq javobini topishda yashirin berilgan belgi, predmet, voqeaxodisalarga asosiy e’tiborini qaratadi. o`qituvchi, topishmoqni o`qiyotganda uni doskaga yozib qo`yadi yoki topishoq yozilgan kartonni doskaga ilib qo`yadi. Topishmoqni mazmunini tushuntirib bo`lingach, uni tarbiyalanuvchilar daftariga ko`chirib oladilar. tarbiyalanuvchilar topishmoqning javobini topgach, uning to`g`rimi yoki noto`g`rimiekanligini topishmoq mazmunidan va qo`shma ma’lumotlardan bilib oladilar. Topishmoqqa javob topish tarbiyalanuvchini tetiklashtiradi, dam beradi. Ba’zi bir o`qish mashg’ulotlarini kuzatganimizda, juda ham zerikarli, tarbiyalanuvchilar mashg’ulotda zo`raki o`tirib o`qituvchi tushuntirayotganda mavzuni tinglayotganliklarining guvohi bo`laman.
Shunday paytda, ya’ni tarbiyalanuvchilarda zerikish, toliqishni sezganda “Topishmoq topish” o`yini o`tkazilsa, tarbiyalanuvchilar tetiklashib, mashg’ulotga qiziqishlari ortadi, hamda ular madaniy hordiq ham oladilar.
Topishmoqlarni kartochkalarga yozib ham tarqatish mumkinn, bunda tarbiyalanuvchilarga topishmoqning javobini topishni aytiladi. tarbiyalanuvchilar topishmoq javobini topishga kirishadilar va topgach, shu tarbiyalanuvchi topishmoqni sinfga baland ovozda o`qib beradi, so`ng uning javobini aytiladi. Bu usul juda foydali bo`lib, sinfdagi hamma tarbiyalanuvchilar e’tibor bilan 46 topishmoqni eshitadilar, mashg’ulotda osoyishtalik vujudga keladi, o`zlashtirmovchi tarbiyalanuvchilarning fikralshga, mashg’ulotda ishtirok etishlariga zamin yaratiladi.
Topishmoqning javobini topishni uyga vazifa qilib berish mumkin. Bunday holda tarbiyalanuvchi qiynalsa, ota-onasi yoki aka-opalaridan yordam so`raydi. Kelgusi mashg’ulotda bu topshiriqni o`qituvchi, albatta, tekshirishi lozim. o`tilgan mavzuni so`rash davomida topishmoq javoblari ham so`raladi. To`g`ri yoki noto`g`ri topilganligi tarbiyalanuvchilar yordamida solishtirib tekshiriladi. tarbiyalanuvchini baholash jarayonida topishmoqqa berilgan javoblar hisobga olinadi.
Sabzavot va poliz ekinlari haqidagi topishmoqlarni o`rganish jarayonida sabzavotlarning sinfga olib kelish kerak. Agar buning ilojisi bo`lmasa, ularning rangli rasmlaridan foydalaniladi. o`qituvchi quyidagi savollarga javob oladi:
1. Qanday poliz ekinlarini bilasiz?
2. Qaysi o`simliklarning yerdan pastki qismi yeyiladi?
3. Sabzavotlardan qaysilarini bilasiz? Shundan so`ng topishmoqlarning tahliliga o`tiladi:
Yer ostida oltin qoziq.
Tarbiyalanuvchi: - Bu sabzi. Sabzining rangi sariq yoki qizil bo`ladi. Yer ostida hosil beradi. Shuning uchun “er ostida oltin qoziq” deyilgan.
O`qituvchi: - To`g`ri. Endi sabzining yeyiladigan qismi nimaga o`xshaydi?
Tarbiyalanuvchi: - qoziqqa o`xshatilgan?
O`qituvchi: - Sabzini qanday holda iste’mol qilasiz?
Tarbiyalanuvchi: - Sabzini xomligicha, tozalab yeyish mumkin, hamda ovqatlarga ham ishlatish mumkin.
O`qituvchi: - o`zbek Milliy taomlaridan qaysilariga sabzi ko`proq ishlatiladi?
Tarbiyalanuvchi: - Palovga, qaynatma sho`rvaga...
Maktabgacha ta]lim muassasasi tarbiyalanuvchilarinida topishmoqlarni o`rganish jarayonida tarbiyalanuvchilarga “Topishmoq” daftari tutqazilsa yaxshi bo`ladi. tarbiyalanuvchilar o`zlari o`rgangan, bobo-buvilarimizdan eshitgan topishmoqlarni to`plab boradi va yil oxirida butun bir topishmoqlar to`plamiga ega bo`ladilar.
Bu esa topishmoqlarning bolalar tomonidan qiziqib o`rganilishiga sabab bo`ladi, ularning aqlini peshlashga katta yordam beradi. tarbiyalanuvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirib boradi.

Xulosa
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekisonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Xalq og`zaki ijodi shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyotning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg`usi bilan birgalikda yetilgan. Xalqimizning yaratgan qo`shiqlari insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o`giti bilan birga singadi.
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekisonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Xalq og`zaki ijodi shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyotning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg`usi bilan birgalikda yetilgan. Xalqimizning yaratgan qo`shiqlari insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o`giti bilan birga singadi.
Ona zaminimizda yashayotgan har bir inson ushbu ishni o`qib chiqib, tariximizga, Vatanimiz, O`zbekisonimiz ega bo`lgan kuch qudratga, boyliklarga va xalqimiz yaratgan ijodlariga fikran nazar tashlab, shubhasiz, iftixor hissini boshidan kechiradi.
Ayni chog`da men, ana shu hissiyot nilan birga, xalqimizga, o`z mehnati bilan jonini fido qilib, mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini, kuchqudratini yaratgan va yaratayotgan kishilarga samimiy minnatdorchilik tuyg`ularini his etishingizni juda-juda istar edim.
Men xalqimiz yaratgan qo`shiqlar orqali bolalarga ta’lim-tarbiya berish qay darajada ahamiyatli ekanini va ulardan foydalanib bola kamolotini shakllantirish lozimligini ta’kidlab o’tmoqchiman. Chunki qo`shiqlar orqali xalqimizning og`ir mehnati, yashash tarzi, axloq-odob normalari ko`rsatib berilgan.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilyotgan islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanish, boy tarixiy merosimizning keng o`rganilishi, an’analarimizning saqlanish, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog`liqdir.
Kursni tugatish ishimizninig yakunida quyidagilarni tavsiya qilamiz.
1. Maktablarning maktabgacha ta1lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarinilarida xalq og`zaki ijodi janrlari vositasida ma’naviy- axloqiy tarbiya berish yuzasidan o`qituvchilar zaruriy bilim va ko`nikmalarni hosil qilishda mashg’ulotlarni zamonaviy va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga erishish.
2. Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarinilarning dasturlariga aynan bolalar ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga kuchli ta’sir etuvchi xalq og`zaki ijodi janrlaridan hamda ulardan ta’lim- tarbiya jarayonida foydalanishga doir tegishli mavzular kiritish zarur.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin