Qishloq xo'jaligining iqtisodiy o'sishida davlat ehtiyojla-ri uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarajatla-rini moliyalashtirish mexanizmining takomillashtirilganligi, qishloq xo'jaligi va unga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar moddiy-texnika bazasining yaxshilanganligi muhim omil bo'ldi.
2007-yilda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari 6,8 mln. tonnani va paxta hosili 3,7 mln. tonnani tashkil etdi. O'z navbatida ularning 2006-yilga nisbatan o'sishi mos ravishda 1,8 foiz va 3,2 foizga teng bo'ldi.
Respublikamizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 99 foizi fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilayotganligini inobatga oladigan bo'lsak, ushbu ko'rsatkichlar qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini berayotganligini ko'rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |