O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə110/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Uchinchidan, investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;

To'rtinchidan, aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil oshirib borish;

Beshinchidan, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'li bilan aholi bandligi masalalarini hal qilish;

Oltinchidan, bank-moliya tizimidagi islohotlarni yanada chu-qurlashtirish va kengaytirish;

Yettinchidan, kommunal tizim sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan iborat, deb belgilab berildi.

Umuman, o'tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllan-tirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyoti­ning eng muhim omili va asosini tashkil etganini alohida ta'kidlash zarur. Bu borada, avvalo respublika va aholi ehtiyojini, birinchi nav-batda yoqilg'i-energetika resurslari, iste'mol va oziq-ovqat mahsu-lotlariga bo'lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayo-tiy vazifa turar edi.

Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo'yildi. Bu o'rinda avvalo, neft va gaz kon-densati bo'yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo'lganiga qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondi-rish uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chet­dan keltirish va buning uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini sarflashga majbur bo'lar edi.

Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida O'zbekistondagi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo'yicha maqsadli dasturlar qayta ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qa­zib olish uchun zarur bo'lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi za­monaviy zavod barpo qilindi. Farg'ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ularning barqaror va ishonchli faoliyat ko'rsatishi uchun shart-sharoit yara-tildi.

Shuningdek, o'zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati-ga ko'ra o'xshashi bo'lmagan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi kabi noyob inshoot barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan su-yultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayt etish lozim.

Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Bugungi kunda O'zbekiston bu borada mamlakatning va aho­lining o'sib borayotgan ehtiyojlarini ta'minlash bilan birga, eksport hajmini ham ko'paytirishga erishdi.

Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlari barpo etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi va har yuz oilaning avtomobil bilan ta'minlanish darajasi 6 barobar o'sdi. O'z-o'zidan ayonki, respublikamizda benzin va yoqilg'i moy-lash mahsulotlariga bo'lgan talab ham shunga mos ravishda o'sib bormoqda.

Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hi­sobiga bugun respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholi­ning keskin о'sib borayotgan mana shunday talab va ehtiyojlarini ta'minlashga erishilmoqda.

2008-yil 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda res-publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab olishga bag'ishlangan yig'ilish bo'ldi.

Unda Prezident I. Karimov shu mavzuda ma'ruza qildi. Majlis-da qayd qilindiki, 2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o'sish sur'atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta'minlandi, iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. Mamlakat-ning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o'sdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari 12,1 foizni, qishloq xo'jaligi bo'yicha - 6,1 foizni, qurilish ishlari bo'yicha - 15,7 foizni, chakana tovar aylanmasi bo'yicha - 21,0 foizni, pullik xizmatlari ko'rsatish bo'yicha - 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko'rsatkichdan osh-madi.

Qishloq xo'jaligini isloh qilish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar natijasida fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq bozor infra-tuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo'jaligi ishlab chi-qarishini tashkil etish va rag'batlantirish sifat jihatdan yangi tamo-yillar asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi o'zgarmoqda.

Shuningdek, quyidagilar 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifala-ri etib belgilandi:



  • makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni o'stirishning bar­qaror va muvozanatlashgan sur'atlanni ta'minlash, jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo to'g'ridan-to'g'ri xorijiy inves-titsiyalarni ko'paytirish hisobiga tarkibiy o'zgarishlarni, iqtisodiyot­ning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilashni da­vom ettirish;

  • islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni, soliq-budjet si-yosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlan­tirish;

  • aholining ish bilan bandligini yaxshilash va farovonligini oshi-rishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tad­birkorlikni, xizmatlar ko'rsatish sohasi va kasanachilikni rivojlanti-rishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

  • sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirishni ta'minlash;

  • Yoshlar yili Davlat Dasturini bajarish chora-tadbirlarini amal­ga oshirish.

Butun Dasturning va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlarining markaziga eng muhim ustuvor vazifa - inson man-faatlari ustuvorligi qo'yildi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin