2-§. Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi. Milliy valuta qadrining oshishi
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning eng muhimi - qat'iy moliya siyosatini o'tkazish bo'ldi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevraldagi birinchi sessiyasida «...Bank, moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, uni jahon talablari da-raj asiga ko'tarish... birinchi bosqichda muhim o'rin olishi darkor... Milliy valutamiz mustahkam bo'lsagina davlatimiz qudratli, obro'li, hayotimiz farovon bo'ladi», - degan fikr bildirildi.
O'zbekistonning 1991—1993-yillardagi, ya'ni rubl zonasidabo'lib turgan davridagi iqtisodiy siyosati ishlab chiqarishning butunlay inqi-rozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiy tizimini takomillashtirishga qaratildi. Siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ikki xil tabiatga egaligi, ya'ni bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan yagona rubl zonasida, demak, yagona iqtisodiy zonada turganlik holati O'zbekiston uchun o'ziga xos xususiyatga ega davr edi. Bu o'z navbatida pul-kredit siyosatini belgilashda ham o'ziga xos yo'lni ishlab chiqishni taqozo etardi.
Bu boradagi muhim vazifa banklar faoliyatini, vazifalarini yangi talab va ehtiyojlar asosida tashkil qilmoq edi. Mamlakatda ikki pog'onali samarali bank tizimini yaratmasdan turib O'zbekistonda bozor munosabatlarini yuzaga keltirib, uning xo'jalik mexanizmini, pul muomalasini qayta qurib bo'lmasdi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, keyin unga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartishlar bank sohasini isloh qilish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank muassasalarini tashkil etish yo'llarini belgilab berdi.
Mazkur Qonunga muvofiq, SSSR Davlat Bankining mintaqaviy bo'limi O'zbekiston Respublikasining Markaziy Bankiga aylantiri-lib, unga banknotalar emissiyasi, hukumat hisob varaqlariga xizmat ko'rsatish, oltin-valuta zaxiralarini saqlash, banklar faoliyatini nazo-rat qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va boshqa vazifalar topshirildi.
Ushbu Qonun respublika iqtisodiyotini isloh qilishning bosh-lang'ich bosqichida qabul qilingan va u o'sha kunlar voqealari talab-lariga javob berar edi.
Milliy valuta - so'mning joriy qilinishi va moliya sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari uning huquqiy asosini yanada rivojlantirishni, banklar faoliyatining hamma jihatlarini bozor talab-lariga muvofiq qat'iy belgilovchi alohida qonun ishlab chiqishni ta-qozo etgan edi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga olib hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank to'g'risida, banklar va banklar faoliyati to'g'risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «O`zbe-kiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida», «Banklar va banklar faoliyati to'g'risida» alohida Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valuta Fondi va Jahon Banki tomonidan yuqori baholandi. O'zbekistonda hozirgi vaqtda 20 ta tijorat banki ro'yxatga olindi va ular ishlab turibdi. 1995-yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik-tijorat shaklida, 5 tasi mas'uliyati cheklangan jamiyat, 1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi, 2 tasi davlat banki sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlab-ki bosqichlarida o'tish davrining ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etishga mo'ljallangan davlat budjeti 1993-yildan iqtisodiyotni strukturaviy qayta qurish omillaridan biriga, makroiqtisodiy mutanosibliklarni boshqarish va moliyaviy resurslarni mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishlarida jamlash vositasiga aylandi.
1994-moliya yili qattiq pul-kredit va budjet siyosatini shakllan-tirishda burilish bosqichi bo'ldiki, buning natijasida davlat budjeti taqchilligi 1995-yilda YIMga nisbatan olganda 3,4 foizdan 2,8 foizgacha pasaydi.
Davlat budjetidagi taqchillikning pasayishi ko'p hollarda o'tish davridagi eng barqaror daromad manbayi - bilvosita soliqlar mavqe-yini oshirish evaziga ta'minlandi. Davlat budjeti daromadlari tuzilmasida bilvosita soliqlarning ulushi umumiy daromadlarga nisbatan olganda 1991-yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizga o'sdi. 1996-yilda butun daromadning 50 foizdan ko'prog'ini aksizlar, G'G'S va bojxona bojlari ko'rinishida belgilash mo'ljallangan edi.
1995-yil yakunlariga ko'ra davlat budjetining to'g'ri (daromad) solig'idan daromadi 38,5 foizni, shundan korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati daromadi solig'i esa 0,3 foizni tashkil etdi. Yalpi milliy mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich cheklash bozor prinsiplarining amalga oshirilishiga tamomila muvofiqdir. Shunday qilib, bozor islohotining o'tgan besh yilida davlat budjeti daromadlarining YIMdagi ulushi 49,1 foizdan 37,2 foizga, xarajat-larning ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi.
Strukturaviy qayta qurishning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi imtiyozli soliq va kredit siyosati yuritishdagi yordam-da ham, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga to'g'ridan to'g'ri mab-lag' ajratish ko'rinishida ham amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotga joriy va kapital xarajatlar uchun solinadigan mablag'larining 1996-yilda kutilayotgan o'sishi 13,65 mlrd. so'mni tashkil etadi.
Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlarning 50 foizi dara-jasida barqarorlashdi, bu hoi ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlar rivojlanishini va aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy to'lovlarni oshirish yo'li bilan aholining muhtoj qatlamlari va guruhlarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini ta'minlaydi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashti-rishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mus-tahkamlash, valuta munosabatlarini tartibga solish bo'ldi.
Prezident I. Karimov 1993-yil 7-mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so'zlarkan, «Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo'lishi uchun o'z puliga, o'zining milliy valutasiga ega bo'lmog'i kerak. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir», - degan edi.
1994-yil 1-iyuldan boshlab O'zbekiston Respublikasining pul birligi - so'm muomalaga kiritildi. Shu kundan boshlab respublika hududidagi yagona qonuniy to'lov vositasi sifatida u barcha turdagi to'lovlar, shuningdek, bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo'lib qoldi. Keyingi vaqtlarda milliy valuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi.
Natijada 1995-1996-yillarda pul qadrsizlanishi sur'atlari ancha qisqardi.
Umuman, mamlakatda milliy valutaning muomalaga kiritili-shi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning, korxonalar va tarmoqlar-ning moliyaviy ahvoli mustahkamlanishining, aholini va mamlakat iste'mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo'ldi.
Jami pul massasining o'sish sur'ati inflatsiyaga qarshi siyosat-ning izchil amalga oshirilishi natijasida yildan yilga pasayib bordi. Jami pul massasining o'sishi 1996-yilning birinchi yarim yilligi nati-jalariga ko'ra 1995-yilning aynan shu davridagidan 7,6 foiz hisobida va 1994-yil darajasidan 2 barobar kam bo'ldi.
Naqd pul massasining o'rtacha oylik o'sish sur'ati 1996-yilning birinchi yarim yilligida 1995-yil darajasidan 1,3 marta oz bo'ldi. Muomalaga naqd pul chiqarish - emissiya ulushi 1995-yildagi 20,7 foiz o'rniga 15 foizni tashkil etdi.
O'tish davri iqtisodiyotining obyektiv shart-sharoitlari va xusu-siyatlarini hisobga olgan holda kreditlar birinchi navbatda iqtisodi-yotning ustuvor tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo'naltirildi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, «O`zDEUavto» avtomobil zavodi singari xalq xo'jaligining ulkan qurilishlari va boshqalar moliyaviy mablag' bilan ta'minlash uchun muhim manba bo'ldi.
Respublika iqtisodiyotida pul qadrsizlanishi jarayonlarini bartaraf etish, jami pul massasi tizilmasida korxonalar va tashkilotlar depozit-lari, aholi omonatlarining o'sishi uchun shart-sharoit tug'dirdi. Depo-zitlar va omonatlarning eng sezilarli o'sishi 1994 va 1995-yillarga to'g'ri keldi. Bunda davlatning barqarorlashtirish siyosati pul qadr-sizlanishining yuqori sur'atlarini pasaytirishga yordam berdi.
Tijorat banklarining omonatlar va depozitlarni jalb etishdagi ulushi ortib bordi. Bu esa bank tizimida raqobat muhitining shaklla-nayotganini o'zida aks ettiradi. Tijorat banklarining jalb etilgan de-pozitlar va omonatlar umumiy hajmidagi salmog'i 1993-yil oxiridagi 1,5 foizdan 1996-yilning yarmida 24,6 foizgacha o'sdi.
2007-yilga kelib bank tizimida muayyan ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi - jami bank kapitali 1 trillion so'mdan oshdi va u 2000-yilga nisbatan 7,4 marta o'sdi, bank muassasalari tarmog'i ikki barobar-dan ziyod ko'paydi.
Mikrokreditbank tashkil etildi va u o'tgan qisqa davr ichida kichik biznes subyektlariga 25 milliard so'mdan ortiq mikrokreditlar ajratdi. Minibanklar tarmog'i jadal rivojlanmoqda, ularning soni bu-gungi kunda 1800 tadan ortadi.
Faktoring va lizing xizmatlari kabi bank xizmatlarining yangi turlari o'zlashtirilmoqda. Akkreditivlar bo'yicha xizmatlar, plas-tik kartochkalar yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, iste'mol kreditlari ajratish, omonatlarning e'tiborni torta-digan yangi turlarini joriy etish va boshqa xizmatlar yaxshi yo'lga qo'yilmoqda.
1992-1996-yillar mobaynida valutani boshqarish sohasidagi faoliyat milliy valyutani muomalaga kiritish va mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni izchil yaratib berishga qaratildi, valuta bosh-qaruvi masalalari bo'yicha normativ baza vujudga keltirildi.
1994-yilning 15-aprelidan boshlab O'zbekiston valuta birjasi-da doimiy savdolar o'tkazilib kelinmoqda. 1994-yili realizatsiya qi-lingan chet el valutasining umumiy summasi 16 million 558 ming AQSH dollarini tashkil etdi. 1995-yil davomida hammasi bo'lib 90 marta savdo o'tkazildi. Bunda valuta birjasining umumiy oboroti 1 milliard 545 million AQSH dollarini tashkil etdi yoki 1994-yilga qa-raganda 14 barobar ko'p bo'ldi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda soliq siyosatini takomillashtirishga qaratilgan choralar ham muhim rol o'ynadi. Chunki soliqlar xazinani to'ldiruvchi asosiy manbadir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e'tibor berildi.
Prezident I. Karimov iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ma-salalariga to'xtalib shunday deb yozadi: «Islohotning ikkinchi bos-qichida iqtisodiy barqarorlikni va tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog'da soliq tizimi birinchi galda rag'batlantiruvchilik vazifasini bajarishi kerak. Bu esa amalda-gi soliq tizimini anchagina isloh qilishni talab qiladi».
Soliq tizimi bugungi ko'rinishiga ega bo'lgunigacha ma'lum bosqichni bosib o'tdi.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustidagi «O`zbekiston Respublikasida Davlat Soliq organlari haqida»gi Qarori mamlakat hayotida muhim voqea bo'ldi. Amalda shu qaror asosida O'zbekistonda eng zamonaviy shaklda, butunlay yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 12-avgust «Soliqchilar kuni» deb e'lon qilindi va u kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo'lindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi «O`zbekiston Respublikasining Davlat Soliq Bosh Boshqarma-sini O'zbekiston Respublikasining Soliq Qo'mitasiga aylantirish to'g'risida»gi Farmoni soliqchilar hayotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarning kengayib ketganligi mazkur Bosh Boshqarma xizmat doirasini kengaytirib yubordi. Natijada u 1997-yildan boshlab Davlat qo'mitasiga aylantirildi.
Shunga o'xshash tarkibiy o'zgarishlar soliqchilar faoliyatini kengaytirdi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitlarida barcha sohalar qatori soliq tizimiga bo'lgan munosabatlar ham tubdan o'zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor iqtisodiyotini amalda tartibga so-luvchi muhim vosita va davlat daromadlarini vujudga keltiruvchi bosh manba darajasiga ko'tarildi.
Mamlakatda soliq tizimini yaxshilash borasidagi amalga oshiri-layotgan ishlar soliq to'lovchilar ongida tub o'zgarishlar yuz berishi-ga sabab bo'ldi.
Mulk shaklidan qat'i nazar soliq to'lovchilar soni yildan yilga ko'paydi. Agar 1994-yilda 91 mingdan ortiq yuridik shaxs ro'yxatga olingan bo'lsa, hozir ularning soni 148 mingtaga yetdi. Yakka tartib-da mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar, jismoniy shaxslar ham soliq to'lovchilar saflni to'ldirib bormoqda.
1996-yilda ular soni 1994-yildagiga nisbatan sezilarli darajada ko'payib, 2 mln. 31 ming kishiga yetdi. Ulardan budjetga tushayot-gan soliq to'lovlari 5,7 marta ko'paydi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalari bo'yicha keyingi yillarda bir qator o'zgarishlar bo'lganligini hisobga olgan holda yangi yo'riqnomalar va me'yoriy hujjatlar tayyorlandi.
2007-yilga kelib qat'iy moliya-kredit va pul siyosatini yuritish va shu asosda yil davomida inflatsiya darajasini 5-7 foizgacha qis-qartirish ko'zda tutildi.
Soliq siyosatini yanada erkinlashtirish va soliq organlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi ishlar davom ettirildi. Daromad solig'i stavkalarini 12 foizdan 10 foizga, kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to'lovi stavkasini 13 foizdan 10 foizga, shuningdek, yagona ijtimoiy to'lov stavkasini 24 foizgacha kamaytirish ko'zda tutilmoqda.
Tibbiyot, ta'lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxo-nalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari to'lab kelingan uchta to'lov o'rniga esa yagona soliq to'lovi joriy etiladi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkalari sezilarli darajada pasaytiriladi, qator boshqa soliq to'lovlari va imtiyozlari unifikatsiya qilinadi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi. Bu masalada dast-lab Chilonzor va Shayxontohur tumani soliq inspeksiyalarida tajriba o'tkazilib, keyinchalik respublika miqyosida yoyildi.
Mamlakatda soliq tizimini jahon andozalari darajasiga ko'tarishda Prezidentimiz va hukumatimiz ko'rsatayotgan doimiy g'amxo'rlik tufayli respublika soliqchilarining ish tajribasi endilik-da MDHga a'zo mamlakatlarda qiziqish uyg'ota boshladi. 1995-1996-yillarda Rossiya Federatsiyasi Soliq politsiyasi departamenti, Yaponiya Moliya vazirligi delegatsiyasi, BMTning O'zbekiston Res-publikasidagi vakolatxonasi, Jahon banki va boshqalar O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi ish faoliyati bilan tanishdilar va unga yuqori baho berdilar.
Islohotlar amalga oshirila borgach bilvosita soliqlar hissasi ham o'zgara bordi. Bunday soliqlar ulushi 1996-yilning birinchi yarmida 46,8 foizni tashkil etdi.
O'zbekistonda hozirgi kunda soliq tizimida 1991-yilda qabul qi-lingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to'g'risida»gi Qonun, shuningdek, 1995-yil 22-dekabrda ush-bu Qonunga kiritilgan o'zgatishlar asosida ish yuritilmoqda. Ushbu Qonun hujjatlarida umumiqtisodiy hisoblangan soliqqa tortishning quyidagi to'rt tamoyiliga asoslanadi:
daromad manbalaridan qat'i nazar hamma daromadlarni soliqqa tortishning majburiyligi;
mahalliy hokimiyatlar mahoratini hisobga olgan holda butun mamlakatda yagona umumdavlat soliq siyosatini olib borish;
korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy ekolo-gik masalalarni hal etayotganligini hisobga olib, ularni manfaatdor
qilish maqsadida imtiyozlar berish orqali soliqlarning manfaat kel-tiruvchilik rolini ta'minlash. Bu jamiyat taraqqiyotining hozirgi bos-qichida g'oyat dolzarbdir. Lekin asta-sekin bozor qaror topishi bilan og'irlikning bir qismi davlat zimmasidan soqit bo'lib, korxona va tashkilotlar zimmasiga yuklanadi. Chunki ishchilar salomatligi, atrof-muhit musaffoligi birinchi galda korxonalarga zarurdir;
- soliq to'lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan moliyaviy nazorat o'rnatish. Bu tamoyil soliq idoralarining bosh vazifasi bo'lib qolmoqda. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish shuni ko'rsatadiki, soliq tizimida hali mukammal kadrlar tayyorlanmagan.
Bu o'z navbatida soliqqa tortish tamoyillarini O'zbekiston sha-roitiga moslab mukammal ishlab chiqish, Soliq Kodeksida atroflicha aks ettirish iqtisodiyotimizni bir me'yorda va barqaror rivojlanti-rishning mustahkam huquqiy-iqtisodiy negizini vujudga keltirishni anglatadi.
Shuning uchun ham 1996-yil 26-dekabrda mamlakat Oliy Majli-sining VII sessiyasi «O`zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi» loyihasini birinchi o'qishda qabul qilib, umumxalq muhokamasiga havola qildi.
Umumxalq muhokamasidan so'ng bunday muhim hujjat 1997-yil 25-aprelda VIII sessiyada qabul qilindi. Bu, O'zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashning zamonaviy huquqiy asosini yaratish imkonini beradi.
1991-1998-yillarda aholi yiliga 1,6-2,3 foiz darajasida o'sib borganini kuzatish mumkin. O'zbekiston aholisi o'sib borayotga-ni sababli ishlab chiqarishning yanada jadal o'sishiga erishish lo-zim edi. Ushbu maqsadga erishildi: agar yalpi ichki mahsulotning o'sishi asosan 1996-yildan boshlangan bo'lsa, 1997-yildan boshlab YIM o'sishi aholi o'sish sur'atidan oshib kelmoqda, bu esa aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot darajasining oshishiga sabab bo'ladi.
Har qanday davlatning iqtisodiy qudrati bevosita yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish salohiyati bilan belgilanadi. Bu iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili sifatida jamiyatni tubdan moder-nizatsiyalash, ijtimoiy hayotni butun qirralari bilan yangilash, sa-maradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega. 2001-2007-yillar O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sur'atining o'sib borishi mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o'rin egallab borayotganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |