O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə118/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo'ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.

Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chi­qarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi.

Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi.

Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala-rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi.

Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir mil­lion kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.

1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu-qurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imko­nini berdi.

Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalar­ni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon-ga aholini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo'yildi.

Qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi.

Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chi­qarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.

Aniqrog'i, bu dasturlarga muvofiq xalq xo'jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O'zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-martda tasdiqlagan Dav­lat Dasturiga muvofiq o'sha yilning o'zida 5 ming 127 obyekt xusu­siylashtirildi. Bundan tashqari qo'shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g'isht zavodini, 92 ta to'quvchilik sexi-ni sotib olishdi. Qishloq xo'jaligida esa butun bog'larning yarmidan ortig'i, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi.

Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.

1995-yili xalq xo'jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo'ldi. Endi yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila bosh-landi. O'sha yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg'i-energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo'jaligi, 229 ta qayta ishlash kor-xonasi va 291 ta qurilish bilan bog'liq obyektlar xususiylashtirildi.

Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq tur-dagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 ta xususiy va oilaviy korxona­lar vujudga keldi. Xususiylashtirish borasida O'zbekistonda amalga oshirilgan ishlarning yana bir o'ziga xos tomoni shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolat choralari ko'rildi.

Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi avvalo shunda ko'rinadiki, xususiylashtirish chog'ida bir butun imtiyozli ti-zim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo'jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog'lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiy-lashtirila boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-iyul kuni bo'lib o'tgan yig'ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e'tibor berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan yangicha aha-miyat kasb etganini ham qayd etish lozim», - deb ta'kidlandi. Dar-haqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e'tibor masala-ning miqdor ko'rsatkichlariga, ya'ni qancha korxona mulk shaklini o'zgartirganiga qaratilgan bo'lsa, bugungi kunda xususiylashtirish­ning sifat ko'rsatkichlari asosiy mezon bo'lib qoldi.

Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida ki­chik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.

1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashti­rildi. Agar 1993-yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig'i dav-latga tegishli bo'lmagan korxona bo'lsa, 1994-yilda bu ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.

Agar 1993-yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mah­suloti hajmining yarmidan ko'pi, qishloq xo'jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi.

2007-yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shaklla-rini rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratil­di. Bu xususda anchagina ishlar ham qilindi. Ayni paytda yetishtiri-layotgan qishloq xo'jaligi mahsulotining 98 foizdan ortig'i, chakana tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig'i nodavlat sektoriga to'g'ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholi­ning 71 foizdan ortig'i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat qismi turarjoy sohibi hisoblanadi, ularning ko'plari korxonalar aksi-yalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda.

Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bi­lan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 ba­robar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biz­nes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o'zida ushbu so-hada qo'shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o'rni yaratildiki, bu ko'rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foiz­dan ortig'ini tashkil etadi.

Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish-ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo'q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chu­qurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli dasturni amalga oshirish kerak bo'ladi.

Bir so'z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta'minlaydigan va uning asosiy da-romad manbayi bo'lgan muhim bo'g'inga aylanmoqda.

Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng mu­him omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo'lidan olg'a yetaklaydigan faol hara­katlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'lmoqda.

So'nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ri­vojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yo'lida ko'p ish qi­lindi.

Jumladan, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin chek-landi, kichik biznes subyektlarini ro'yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning oshkoraligi ta'minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlarni stan-dartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdo-larini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resursla-ridan erkin foydalanishi bilan bog'liq ko'p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizmning yo'li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi.

Shuni ta'kidlash lozimki, bularning barchasi o'zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o'zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo'shimcha ravishda 290 ming yangi ish o'rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi.

Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi-yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi.

paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantirish

qishloq joylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o'sishi

Katta sarmoya, mablag' talab qilinmaydigan kasanachilikni yo'lga qo'yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo'lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo'shimcha daromadga ega bo'ldi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, bozor iqtisodiyo­tiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi.

Prezident I. Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohot­larni chuqurlashtirish yo'lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulk-chilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratil-gan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtiso­diy munosabatlar poydevoriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan asosiy omildir».

Darhaqiqat, keyingi yillar davomida amalga oshirilgan ish-larni tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, O'zbekistonda mulkchi-lik huquqi iqtisodiy o'zgarishlarning asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham O'zbekistonda mulkdor huquqi qonun bilan tan olindi va himoya qilinmoqda.

O'zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning asosini turli shakllardagi mulkchilik tashkil etishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab berildi.

Yuqorida keltirilgan misollardan ma'lumki, xususiylashtirish ja­rayoni tabiiy ravishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirishga olib keldi. Bu borada kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mulkdorlarni vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu -birinchi omil. Mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkinchi omili bu qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirishdir. Biroq, yaqin vaqtlarga qadar bu borada zarur shart-sharoit ham yaratilmagan edi. Shunga ko'ra, Oliy Majlis mulkdorlar sinfini shakllantirishning hu­quqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda «Aksiya-dorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqiarini himoya qilish haqida», hamda «Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat ko'rsatish mexaniz-mi to'g'risida» Qonunlar qabul qildi.

1996-yilning birinchi yarmida aksiyalar sotuvidan 1,7 milliard so'm mablag' tushdi. Bu ko'rsatkich 1995-yildagiga nisbatan 15, 6 marta ko'p bo'ldi. Umuman, 1992-1996-yillarda davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi tu­rarjoy egasi, 2 million kishi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qish­loq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo'jalik, 19 ming kishi ko'chmas mulk egasi bo'lib qoldi. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllantirilganini yaqqol ko'rsatadi.

Insoniyat tarixi davlat mulkini ommaviy ravishda xususiylash­tirish hodisasini endigina sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko'rmoqda. Ma'lumki, mulkchilik taraqqiyoti yer yuzining barcha mamlakatlari va mintaqalarida turli davrlarda, turli holatlarda yuz bergani bilan shaklan va mazmunan ayni bir xil tartibda amalga oshgan. Jumla­dan, mulkchilik, mulkka munosabat jamiyat tabiiy taraqqiyoti, kishi-lar dunyoqarashi hamda ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllan-gan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat'i nazar jamiyat fuqarosi yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, turmush tar-zining ma'naviy-huquqiy kafolati bo'lib qolavergan. Ko'p hollarda u fan-texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar ta'sirida qisman shaklini, miqyosi va ko'lamini takomillash-tirgan, xolos. Mazmunan esa o'z mohiyatini yo'qotmagan.

Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo'ravonlik va tazyiq bilan davlat tasarrufiga olish hodisasini ham ko'rgan. XX asrning boshlarida yuz bergan va biz 73 yil mobaynida o'zimizni o'zimiz aldab, quyushqonga sig'maydigan dabdabalar bilan bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g'ayriinsoniy hodisani amalga oshirgan edi. Odamlarning asrlar mobaynida misqollab terib to'plagan moddiy va ma'naviy boyliklarini bir to'polon bilan davlat mulkiga, odamlarni esa mehnat vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuch-larga aylantirib qo'ydi.

Mana endi inson haq-huquqlari to'la tiklangan va har tomon-lama kafolatlangan jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin o'tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha qiyin kechmoqda. Har bir kishining o'z yaratuvchilik qobiliyatini ko'rsata olish, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga munosabatni tub­dan o'zgartirish, kishilar ongida o'rnashib qolgan boqimandalik il-latlariga barham berish ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz berayotgan ma'naviy-ruhiy yangilanish jarayonidir.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, mulkka egalik va xususiy mulkning chegarasi bo'lmasligi kerak. Ya'ni shax-siy boylikni ko'paytirish qandaydir qolip yoki miqdorda bo'lishini davlat belgilab qo'ymasligi, aksincha, u mamlakatda hammaning har qanday vaziyatda boy bo'lishini ta'minlash asosida alohida ijtimoiy niuhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo'lidan bormog'i lozim. Bunga ayrim siyosatshunoslar dunyoning turli mamlakatlarida o'z korxonasi filiallarini qurib, jahon bozorini egal-lab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari faoliyatini va katta miqdordagi jamg'armalarini misol qilib ko'rsatishadi.

Biroq, O'zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har qanday tayyor andozalarga sig'inmaydi. Jahon tajribalari va milliy ehtiyojlarni uyg'unlashtirgan holda mavjud ho-disalarga o'ziga xos yondashadi. Jumladan, mulkchilikka munosa-batda ham uning o'ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident I. Kari­mov: «Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylar-u kambag'al-qashshoqlarga bo'linib ketishiga yo'l qo'ymasligi кегак», - deydi va masalaga bunday yondashuv mazmun-mohiyatini aniq tushuntirib berdi. Albatta, O'zbekiston stra-tegiya jihatidan jahon tajribalari eng ilg'or namunalaridan keng foy-dalanadi. Biroq uni o'z milliy xususiyatlari va turmush tarziga mos tarzda amalga oshiradi. Bu, ayniqsa mamlakatda tub iqtisodiy islo­hotlarni, jumladan, erkin bozor siyosatini amalga oshirishda ko'zga yaqqol tashlanmoqda. Natijada davlat mulkini xususiylashtirish va yangi iqtisodiy tizimni joriy etish borasidagi O'zbekiston yo'li jahon jamoatchiligi tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Buni quyi-dagilarda ko'rish mumkin: Birinchidan, uzoq yillarga mo'ljallangan, dasturiy ahamiyatga molik maqsadlar davlat strategiyasi darajasiga ko'tarilgani bilan, kundalik talablar, hayot ehtiyojlari yoki vaqtin-chalik holatlarda taktikaning o'zgarib turishi tabiiy hoi. Mamlaka-timizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud siyosiy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy mezonlar nuqtayi nazaridan hayotiydir. Chunki, o'tish davrida qonunchiligimizning hali to'la shakllanma-ganligi, ayrim hollarda esa mavjud qonunlarga ham hali bo'ysunib yashashga odatlanmaganimiz, ba'zan xudbinlik va manfaatparast-likning avj olib ketishi natijasida turli xildagi suiiste'molliklar yuz bermoqda. Natijada foydani yashirish, soliqdan qochish va boshqa ko'zbo'yamachiliklar, nayranglar tufayli kimlardir ortiqcha boyib ke-tib, kimlardir qashshoqlashib qolishi mumkin. Ana shunday paytda davlat qonun ustuvorligini ta'minlashda, aholi turli tabaqasining tur­mush tarzida muvozanatni saqlab turishda muhim rol o'ynaydi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin