O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo'lgan omillar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə115/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo'lgan omillar:

  • O'zbekistonda qabul qilingan o'ziga xos islohot va modernizatsiya modeli, «shok terapiyasi» deb atalgan usuliarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o'zini o'zi tartibga soladi, degan o'ta jo'n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik;

  • ma'muriy buyruqbozlik tizimidan boshqaravning bozor tizimiga o'tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lini tanladik;

  • davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi zarurligini o'zimizga aniq belgilab oldik;

  • O'zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mayjud.

...mamlakatimizda jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha 2009-2012-yillarga moijallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O'zbekistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi bo'lib qoladi.

rini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta'minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko'zlagan reja-larni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo'nalishlarda aniq, qat'iy va yuksak mas'uliyat bilan fao-liyat yuritish belgilangan:



  • mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda ja­hon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo'yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqti­sodiy o'sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini va iqtisodiyot­ning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash;

  • tarkibiy o'zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni di-versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan iqtiso­diyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo'li bilan amalga oshirish;

  • qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi-lashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ко'rib chiqishga, fer-mer xo'jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan uzoq muddatli, o'zaro chuqur bog'langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;




  • aholi bandligini ta'minlash, uning turmush darajasini oshi­rishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko'rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;

  • mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshi­rishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra-tuzilmani yanada rivojlantirish;

- banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo'jalik yuri-tuvchi subyektlarning bo'sh mablag'larini tijorat banklarida depozit-larga jalb qilishni rag'batlantirish.

* * *

«O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 2010-yil 3-may kuni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisi-ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Majlisda O'zbekiston Respubli­kasi Prezidenti Islom Karimov nutq so'zladi.

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda o'z chiqishi-da Prezident Islom Karimov va O'zbekiston xalqiga OTBning maz­kur forumi - bank Boshqaruvchilar kengashining Markaziy Osiyoda ilk bor o'tkazilayotgan majlisini tashkil etishda ko'rsatgan katta yor-dami uchun minnatdorlik izhor etdi. OTBning asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijti­moiy rivojlanishda ko'maklashish iqtisodiy o'sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan, iqlim o'zgarishi bilan bog'liq ma-salalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir.

1966-yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega. 67 davlat, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48, Yevropannig sanoati rivoj­langan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanada va AQSH mazkur bankning a'zolari hisoblanadi. Bank rivojlanish va mintaqaviy ham-korlikka oid loyihalarni moliyalashtirish hamda ushbu sohalarda tex­nik ко'так berish bilan birga, aholining milliy salohiyati va turmush sifatini oshirishga yo'naltirilgan, puxta o'ylangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko'rsatishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bunga OTBning O'zbekiston bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi yorqin misol bo'la oladi. Mamlaka­timiz 1995-yildan buyon ushbu yirik xalqaro moliya tashkilotining teng huquqli a'zosidir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan, jahonda rivojlanishning «o'zbek modeli» deb keng e'tirof etilgan islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish samarasida O'zbekistonda makroiqtisodiy muvozanat va barqaror iqtisodiy o'sish ta'minlanmoqda. Shu bois ushbu nufuz-li xalqaro moliya tashkiloti o'zining muhim forumini aynan Tosh-kentda o'ykazishga qaror qildi. Chunki mamlakatimizning Prezident Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasidagi tajribasi jahonda keng o'rganilmoqda. Darhaqiqat, 2009-yilda yalpi ichki mahsulot o'sishi 8,1 foizni tashkil etgani O'zbekistonda o'z vaqtida qabul qilingan inqirozga qarshi kompleks choralar samaradorligining amaliy natija-sidir.

O'tgan yilda milliy iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsi­yalar umumiy hajmi qariyb 26 foizga, jumladan, xorijiy investi­tsiyalar 68 foizga ko'paydi. Bu esa o'z navbatida xorijlik ishbilar-mon doiralarning mamlakatimizga, bu yerda yaratilgan qulay in­vestitsiya muxitiga ishonchi ortib borayotganini ko'rsatadi. Shu bi­lan birga, 2010-yilning birinchi choragida to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,6 baravar ko'p o'zlashtirildi. O'zbekiston moliya siyosatining o'ziga xos ji-hati shundaki, xorijiy kreditlar, jumladan, OTBning kredit liniyalari bo'yicha mablagiar uzoq muddatli asosda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik qayta jihozlash dasturi-ga kiritilgan strategik investitsiya loyihalarini moliyalash, shuning­dek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash yo'lida jalb etilmoqda.

OTB mamlakatimiz bilan kredit hamkorligi bo'yicha xalqaro moliya institutlari orasida birinchi o'rinda turadi. Ushbu hamkor­lik ko'plab yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, trans­port infratuzilmasini takomillashtirish, energetika, qishloq xo'jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, suv resurslarini boshqarish, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalarda strategik ahamiyatga ega qo'shma loyihalar amalga oshirilayotir.

O'zbekiston va OTB avtomobil hamda temiryo'llar tarmog'ini kengaytirish, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi transport yo'lagi-ning bir qismi bo'lgan O'zbekiston milliy avtomagistralini rivojlan­tirish uchun faol hamkorlik qilmoqda.

Qiymati 300 million dollarlik «Suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi» 2009-yildan amalga oshi­rilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shun-day loyihani hayotga tatbiq etish doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar o'tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.

O'zbekistonning OTB tomonidan ajratilgan mablag'larini qay-tarish bo'yicha majburiyatlarini o'z vaqtida bajarayotgani jahon mo­liya bozorlarida mamlakatimizga bo'lgan ishonchni yanada oshir-rnoqda. Ta'kidlash joizki, global inqiroz sharoitida ko'plab sarmoya-dorlar nafaqat ayrim banklar, balki qator mamlakatlarning to'lovga layoqatsizligiga duch keldi. Shu munosabat bilan O'zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng barqaror hisoblangan bank-moliya tizimi yuqori darajada ishonchliliga alohida ahamiyat kasb etadi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida ushbu tizimni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar keyingi ikki yilda respublikamiz tijorat banklari jami kapitalini 2 baravarga ko'paytirish imkonini berdi.

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining majlisi doirasida poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2010-yil, 1-may kuni O'zbekiston Respublikasi bilan OTB va Yaponiya xalq­aro hamkorlik agentligi (JICA) o'rtasida kredit bitimlari imzolandi.

Umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollaridan ortiq 7 hujjat mamlakatimizning muhim soha va tarmoqlaridagi bir necha loyiha­ni, xususan, Farg'ona vodiysining qator shaharlarida suv ta'minoti tizimini rekonstruktsiya qilish, mintaqaviy avtomobil yo'llarini ri­vojlantirish, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash va mikrokreditlash, tijorat banklarining tijoriy moliyalashtirish dasturida ishtirok etish, Tallimarjon IESida ikkita bug'-gaz qurilmasini barpo etishga oid loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin