O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə142/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri, 1996-yil 28-avgust.

* * *

Tantanalar paytida davlatimiz rahbari Samarqand shahriga «Amir Temur» ordenini topshirdi. U shahar ahlini mukofot bilan qutlab, Sohibqiron tavalludi bayrami kunlarida shaharga birinchi ra-qamli orden topshirilishi ramziy ma'noga ega tarixiy voqea ekanli-gini ta'kidlab ushbu unutilmas kun - 18-oktabmi «Samarqand kuni» deb e'lon etishni taklif qildi. Yig'ilganlar bu taklifni mamnuniyat bilan qarshi oldilar.

Samarqand va Sohibqiron... Bu ikki mo'tabar tushuncha xusu-sida gapirar ekan, Prezident katta faxr-u iftixor bilan «Qachon-ki, biz Amir Temur hazratlarini yod etar ekanmiz, Sohibqiron saltanatining poytaxtini ham ehtirom bilan tilga olamiz. Chun-ki, Amir Temur va Samarqand tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi.

... Samarqandning moviy gumbazlari, osmono'par minora-lari, ulardagi betakror ranglar, olam-olam mazmunga ega naqsh-u nigorlar bizni yerga qarab emas, boshimizni baland ko'tarib, qadr-qimmatimizni bilib yashashga undaydi», - dedi.

O'sha muborak kun Qashqadaryo vohasida, xususan Shahri-sabz - qadimiy Kesh shahrida tarixiy kun bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu mo'tabar tuproq bobokalonimizga beshik bo'lgan, uni voyaga yetkazgan ota makon. Bu zaminning yurtboshimiz o'z qutlov so'zida aytib o'tganidek, millatimiz tarixida, shu zaminda yashayot-gan el-ulusning boshini qovushtirishda o'rni beqiyosdir. Bobokalo-nimizning Turkiston diyorini bosqinchilardan ozod qilish yo'lidagi jasur harakatlari aynan shu yurtdan boshlangan... Hazrati Temur o'z oldiga ulug'vor maqsadlarni qo'yganida, avvalo, o'z eliga, o'z ona yurti - Keshga ishongan va unga tayangan.

O'zbekiston Prezidenti shu kuni Shahrisabzga ham tashrif bu-yurdi. Qadimiy Oqsaroy hovlisiga ulanib ketgan ulkan maydon bay-ramona bezatilgan. Uning markazida Amir Temurning ulug'vor hay-kali o'rnatilgan. Shahar ahlining milliy madaniyatimiz an'analarini tiklash borasidagi xizmatlari munosib baholandi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin