Toshkent. 1996-yil 18-oktabr. Sohibqiron Amir Temur daho-si bizga ajdodlar ruhini yod etish, ular xotirasini abadiylashtirish sabog'ini berdi. Aslini olganda o'tganlar xotirasini eslash milliy an'analarimizning, urf-odatlarimizning bir bo'lagi. Hayotimizning har daqiqasida kimlarnidir o'ylaymiz, Allohdan kimlarnidir qo'llab, ruhini shod etishni tilaymiz. Ammo Amir Temur bu borada ham no-yob insoniy fazilatning betimsol namunasi sifatida shuhrat qozongan ulug' zotdir. U nimaiki ish qilgan bo'lsa, barchasini iymon-e'tiqod, insof va adolat yuzasidan qildi. Ulkan allomalar, avliyo-yu anbiyo-larga ehtirom ko'rsatib, ularning aqidalari va ta'limotlarini qo'llab-quvvatladi.
Amir Temurning ota-bobolarimiz xotirasi yo'lida sarflagan kuch-g'ayrati, ko'rsatgan mehr-muhabbatini davom ettirish, uning muruvvatiga muruvvat bilan javob berish, ajdodlar uzviyligini asrab-avaylash navbati bizga keldi.
Dostları ilə paylaş: |