O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
Temuriylar davlatining poytaxti sifatida jahon ilm-u fani, mada-niyati va me'morchilik san'atining rivojlanishiga hamda davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni, xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo'shganligi va shahar ahlining o'zbek xalqi tarixiy va ma'naviy merosini ko'p asrlar mobaynida avaylab-asrab, ja-honga mashhur etishdagi g'oyatda katta xizmatlarini e'tiborga olib, mustaqil mamlakatimizda tub islohotlarni amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishdagi faol ishtiroki uchun hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
Dostları ilə paylaş: |