Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo'lining oq va beg'ubor bo'lishi uchun yaxshi niyat ifodasi.
Qizil chiziqlar - bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo'sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang - O'zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog'i, go'zal tabiati timsoli.
Yarim oy - o'zbek xalqining ko'p asrlik an'analariga mos kela-di. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
12 ta yulduz tasviri - qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli.
Xullas, mamlakatimiz davlat bayrog'i yurtimizning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo'lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to'g'risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.
Gerb markazidagi humo qushi - baxt-saodat va erksevarlik ramzi.
Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublika-mizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.
Quyosh - davlatimizning yo'li hamisha nurafshon bo'lishi bil-dirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O'zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o'lka ekanligini bildiradi.
Boshoq - rizq-ro'zimiz timsoli, to'kin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta - O'zbekiston dong'ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.
Bug'doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog'i lenta bo'lib o'raganligi O'zbekistonda yashayotgan xalqlar do'stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangli tasvirda bo'lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va «O`zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g'o'za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog'lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasvirlangan lenta to'rt xil rangda berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo'lib o'tgan XI sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tay-yorlangan quyidagi madhiya varianti tasdiqlandi:
Dostları ilə paylaş: |