O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə17/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

U chin с hid an, mustaqillik tufayli O'zbekiston xalqaro miqyos-da o'zini tanitish, ayni chog'da xalqaro huquq me'yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Jahon xaritasida O'zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o'z o'rniga ega bo'ldi.

To'rtinchidan, iqtisodiyotda tub o'zgarishlar qilish uchun im­koniyat yaratildi. Ya'ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodi­yotiga o'tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan o'zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinflni shakllantirish uchun imkon ochildi.

Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma'naviy uyg'onishi uchun to'la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana bosh­ladi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma'naviy qadriyatlari unga qayta-rib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o'zgardi.

Shunday qilib, qo'lga kiritilgan mustaqillik o'zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangi-cha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish imkoniyatiga ega bo'ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O'z yurti-ning to'la xo'jayini ekanligini, o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniya­tini qo'lga kiritganligini his qila boshladi.

Bu buyuk olamshumul va abadiyat bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqelikdir!


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin