O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
Aziz Toshkent shahrining islom dunyosining madaniy poytaxti sifatida e'tirof etilishi Toshkent hamda buyuk O'zbekiston xalqining nafaqat islom tamaddunida, balki butun Sharq madaniyati va san'atida yetakchi o'rin tutishidan yana bir dalolatdir.
Siz, Janobi Oliylari hamda O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimni izhor etib, Yaratgan Allohdan do'st va birodar O'zbekistonga ravnaq ato etishini so'rab qolaman.
Ehtirom ila,
SAYYID MUHAMMAD HOTAMIY, Madaniyatlar va sivilizatsiyalararo muloqot xalqaro instituti direktori, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti.
Dostları ilə paylaş: |