Iordaniyaning Toshkentdagi Muvaqqat ishlar vakili Muhammad Yusef Balqar Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkilotining qaroriga binoan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinganligi to'g'risidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qilganini ta'kidladi.
Shu o'rinda dedi M.Balqar, O'zbekistondagi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hamda ularda yashab ijod qilgan al-Xorazmiy va al-Buxoriy kabi buyuk allomalari islom madaniyati va ilm-fanining rivojiga ulkan hissa qo'shganliklarini aytib o'tishni istar edim.
Men o'tgan yili Qarshi shahrining 2700 yilligi va Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tad-birlarda ishtirok etish sharafiga muyassar bo'ldim. O'zbekistonda islom sivilizatsiyasining moddiy va ma'naviy meroslaridan bo'lgan nodir yodgorliklarni saqlash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi.
Fikrimcha, faqat 2007-yil bilan cheklanib qolmasdan, Toshkent shahrining musulmon madaniyatining rivojidagi o'rni va ahamiyati-dan kelib chiqib, unga islom madaniyatining doimiy poytaxti, degan maqomni berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |