O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə154/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Mavzuga doir materiallar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliviariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.

Toshkent shahrining 2007-yilda Osiyo qit'asidan islom mada­niyatining poytaxti, deb e'lon qilinishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini Islom konferensiyasi tashkiloti nomidan muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.

Toshkent ushbu yuksak va faxrli unvonga O'zbekistonning islom madaniyati va fanidagi beqiyos o'rni, yodgorliklarni asrab-avaylash hamda islom merosini yanada boyitish borasidagi ulkan xizmatlari uchun loyiq, deb topildi. Ta'lim, fan va madaniyat ma­salalari bo'yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) bu qarori Osiyo durdonasi bo'lmish Toshkent shahrining boy tarixi va madani­yati fan, san'at hamda jahon sivilizatsiyasida alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham izohlanadi.

Ushbu quvonchli voqeaning nishonlanishiga bag'ishlangan tad-birlar dunyo hamjamiyatiga o'zbek xalqining ko'hna va boy mero-si bilan yaqindan tanishish imkonini berishi hamda sivilizatsiyalar o'rtasidagi hamkorlik va o'zaro ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonchim komil.

Islom konferensiyasi tashkiloti O'zbekiston Respublikasi rah-bariyatining ma'naviy va milliy qadriyatlarni tiklash, boy tarixiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy merosni o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuksak baholaydi.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog'liq, baxt-saodat, O'zbekiston xalqiga yanada yuksak taraqqiyot va faro-vonlik tilab qolaman.

Kamoli ehtirom bilan,

AKMALIDDIN EHSON o'g'li, Islom konferensiyasi tashkiloti Bosh kotibi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin