O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-yili Buxoroda Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasa darvozasiga «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir»



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə178/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

1417-yili Buxoroda Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasa darvozasiga «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir», degan so'zlar o'yib yozilganida judda katta ma'no mujassam. Xuddi shuningdek, 1433-yili Ulug'bek tomonidan G'ijduvonda barpo etilgan madrasa ne-ne avlodlarga ilm-u ma'rifat ziyosini tarqatgan.

Bugun ham zamin uzra savlat ko'tarib turgan me'morchilik obi-dalari, masjid-u madrasalar, savdo va hunarmandlar timlari, shifoxo-nalar va xonaqohlar, hovuzlar, maydonlar Buxoro boshdan kechirgan buyuk tarixning guvohlaridir.

Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo'lib kelgan. Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, Faqnaviy, Ahmad Donish, Abdu-rauf Fitrat, Fayzulla Xo'jayev va boshqa shu kabi buyuk zotlar ye-tishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilm-u fan, ma'rifat va ijod beshigi bo'lib qolaveradi.

Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo'tabar nomlarini, umuminsoniy ma'naviyatga va umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo'shgan, go'zal Buxoroni bezab, unga betakror nafosat, shakl va salobat baxsh etib turgan imorat-u inshootlarni, masjid-u maqbaralarni, mad-rasalarni, islom dinining, Sharq falsafasining o'chmas qadriyatlarini bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlar nomini abadul-abad saqlaydi. Muhtaram do' stlar! Aziz mehmonlar!

Bu yil Buxoro va Xiva shaharlari 2500 yillik muborak sanalari-ning Parijda keng nishonlanishi, xalqaro anjuman va ko'rgazmalar o'tkazilishi, bugungi bayram tantanalarida ko'plab xorijlik aziz meh-monlarimiz - olimlar, faylasuflar, tarixchilar va din peshvolarining ishtirok etishi o'lkamizning ilmiy, me'moriy va madaniy merosiga xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan dalolat beradi.

Tarixini bilmaganning kelajagi yo'q, deydilar. Buxoroning bu­gungi qutlug' ayyomi, eng avvalo, o'tmishga ehtirom va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz namoyishidir.

Elim deb, yurtim deb, kelajagini o'ylab zahmat chekkan, Vata-nimiz ozodligi yo'lida kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini bag'ishlagan, o'zidan obod shahar-u vohalar, betakror go'zal yod-gorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini yuzaga chiqarish, ularni qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir.

Buxoroning 2500 yilligi shu yurtda yashayotgan har bir fuqa-roni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlash-ga, uni ko'z qorachig'idek avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va voris-lari ekanini anglashga undaydi.

Bu tantanalar biz bugun mustaqillikka erishgan yagona bir xalq sifatida buyuk kelajak sari intilayotganimiz shunchaki orzu-havas bo'lmay, balki xalqimizning tarixiy salohiyati, asrlar davomidagi davlatchiligi, madaniyati va qudratidan kelib chiqib qo'yilgan aniq maqsad ekanini tasdiqlaydi.

Bu masalaning yana bir tomoni borki, uni aytib o'tmasdan bo'lmaydi deb o'ylayman. Biz bugun istiqlol yo'lida, ozod va obod Vatanimizni qurish yo'lida dadil qadam qo'yayotgan damlarda, bizning shu intilishlarimizni ko'rolmaydigan, yo'limizni to'sib ol-moqchi bo'lgan yovuz kuchlar tariximizni chalg'itib ko'rsatishga, yolg'on gaplarni ko'tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat va elatlar orasiga ado vat urug'ini sepishga harakat qilayotganlarning to'g'ri bahosini bermog'imiz darkor. Shuning uchun ham tarixiy ha-qiqatni bilish, uni muhrlash, yosh avlodga xolisona yetkazish chuqur ma'noga ega.

Bu shunday haqiqatkim, ba'zi ashaddiy millatchilik yo'liga o'tib olgan, o'zgalarni ko'rolmaydigan, hasad bilan yashaydiganlarning kuchini qirqadi, boshqalarning tinchligini buzish niyatida osoyishta taraqqiyot yo'liga g'ov bo'ladiganlarning tomirini qirqadi. Farzand-larimizning ko'zini haqiqatga ochib beradi. Haqiqiy tarix «Kuch -adolatda» hikmatining naqadar to'g'riligini isbotlaydi.

Xalqimiz o'tmishining ajralmas qismi bo'lmish Buxoro tarixi shukuhli va muborak kunlar bilan bir qatorda juda og'ir va musibatli damlarga guvoh bo'ldi. Ko'plab bosqinlarni boshdan kechirdi, necha marta vayron etildi, o't ichida qoldi. Bu muqaddas tuproqda begu-noh qonlar to'kildi, muhtasham obida, minora va aziz-avliyolarning qabrlari oyoqosti qilindi. Ammo buxoroliklar o'z ona shaharlarini mardonavor himoya etdilar va necha qayta qurdilar, tikladilar.

So'nggi mustamlaka zamonida Buxoroga bo'lgan munosabat hammamizga ma'lum. Inqilob bahonasida bu sharofatli shahar obi-dalari yana bir bor vayrona etildi, uning asl farzandlari qatag'on qi­lindi. Xalq va uning moddiy-ma'naviy merosiga ko'rsatilgan bunday munosabat sobiq sho'rolar tuzumining qanchalik g'ayriinsoniy va adolatsiz ekanligini ko'rsatadi.

Muhtaram jamoa!

Har bir xalq o'z yurtiga haqiqiy ega bo'lganda uning tarixi va salohiyati bo'y-bastini, uning go'zalligini dunyo ko'z o'ngida to'la-to'kis namoyon eta oladi. Bugun bu qadim shahar to'yi dun­yo miqyosida keng nishonlanayotgan ekan, bu ham Istiqlolimiz sharofatidir.

Istiqlol ko'hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Bu­xoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo'jaligi, ilm-fan, madaniyat va san'at yangi yuksalish yo'liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o'zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.

Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan muhim voqea sifatida e'tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.

Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o'z saxovatli mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shmoqdalar.

Buxoroning tengsiz zardo'zi liboslari, oltinga teng pillasi, qorako'l terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.

Sharq me'morchilik san'atining noyob namunalari bo'lgan bar­cha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.

Buxoroning va buxoroliklarning yana bir katta yutug'i shundaki, bugun bu tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar - to-jiklar, turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o'nlab millat vakillari o'zbeklar bilan birga qo'lni-qo'lga berib, do'stona, ahil, hamkor va hamjihat bo'lib yashamoqdalar.

Bugungi fursatdan foydalanib, mard va tanti, g'ururi baland, ilmparvar va mehnatsevar Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan o'z nomimdan minnatdorlik izhor etishni va ularga chuqur ta'zim qilishni o'zimning muqaddas burchim deb bilaman.

Aziz vatandoshlar!

Zamonlar o'tar, yillar, asrlar o'tadi. Hech shubha yo'qki, far-zandlarimiz, nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.

Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bO`lganlarni, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g'isht qo'ygan 0ta-bobolarini sira unutmaydilar.

Yangi о'sib kelayotgan avlodlarimiz o'z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarini, osori atiqalarini boshiga ko'tarib, shu tariqa mil­liy tuyg'u, milliy g'urur, milliy iftixor hissiyotini ko'kka ko'tarib, umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o'zlarining munosib hissasini

qo'shadilar.

Aziz do'stlarim, vatandoshlarim!

Sizlarni yana bir karra Buxoroi sharifhing qutlug' to'yi bilan chin ko'ngildan tabriklayman!

Barchamizga ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga da-vomdor buyuk ishlar qilish baxti nasib etsin!

Yaratganning o'zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor

bo'lsin!


1997-yil 19-oktabr

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin