Varshava universiteti huzuridagi Siyosiy fanlar institutining eksperti, siyosatshunoslik fanlari doktori A. Vejbitskiy o'z chi-qishida ushbu kitobda bayon etilgan dalillar Markaziy Osiyodagi murakkab mintaqaviy vaziyat manzarasini yaqqol namoyon etishini aytdi. «Men xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalasida O'zbekistonni Yevropa Ittifoqi hamda Polshaning muhim sherigi, deb bilaman. Bundan tashqari, O'zbekiston madaniyatning tarixiy beshiklaridan biri hisoblanadiki, bu gumanitar hamkorlikni mustah-kamlashda muhim omildir», dedi polshalik olim.