Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishi-miz lozim bo'lgan yana bir masala - bu jazolash tizimidan o'lim jazosini chiqarib tashlashdir.
Bu o'rinda gap, ayrim mamlakatlarda bo'lganidek, o'lim jazo-siga moratoriy qo'llash, ya'ni mahkum yillar davomida ushbu jazo chorasi qachon ijro etilishini kutib yotishi to'g'risida emas, balki uni butunlay bekor qilish haqida bormoqda.
Biz mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ushbu masalani hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz. O'tgan o'n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o'lim jazosi qo'llanilishi mumkin bo'lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi.
Endilikda faqat terrorchilik va og'irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o'ldirganlik uchungina o'lim jazosi berilishi ko'zda tutilgan. Ayni vaqtda qonunchiligimiz o'lim jazosining xotin-qizlarga, voyaga yetmaganlar va oltmish yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishini man etadi.
Dostları ilə paylaş: |