Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad:
parlament o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har to-monlama asosli va puxta qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo'lgan o'zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;
Qonunchilik palatasi o'z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillari-dan iborat bo'lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;
aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko'lamini yanada kengaytirish.
Ikkinchidan, Biz hokimiyatning uchinchi tarmog'i - sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz.
Sud - odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish huquqiy davlat barpo etish yo'lidagi qonuniy jarayon. Shu munosabat bilan prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o'tkazish ho-zirgi zamonning mantiqiy talabidir. Va bu, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan aloqador masalalarga tegishlidir.
Bugungi kunda jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo'lgan jarayon ustidan sud nazoratini kuchaytirish bilan bog'liq ayrim qoidalarni qaytadan ko'rib chiqish zarurati vujudga keldi.
Boshqa demokratik davlatlar kabi O'zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual maj-buriy choralarini qo'llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o'tkazish kerak, deb o'ylayman.
Biroq ushbu jarayon tashkiliy - huquqiy masalalarini puxta va jiddiy tarzda ishlab chiqishni hamda sud tizimida va u bilan bog'liq boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o'zgartirishlarni kiritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo'lishini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |