6-§. O'zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
a) Huquqiy davlat izlanishlari
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning asosiy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkam-roq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish уо'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko'ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To'g'rirog'i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko'chirilgan, hayotiy kuchga ega bo'lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko'rsatib о'tilgan Asosiy Qonunlarni O'zbekiston davlati mustaqilligini huquqiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo'lmasdi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Sessiya Prezident I. Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, kor-xonalar, xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o'ninchi sessiyasida Ko-missiya tarkibi qisman yangilandi.
Shuni alohida aytish kerakki, O'zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishi-dan ancha avvalroq boshlangan edi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib, O'zbekiston Prezidenti lavozimini ta'sis etgan edi. Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi sovetlar hukmron bo'lgan davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga o'tishini anglatardi. Prezidentlik ins-titutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining yangicha taq-simlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-boshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi.
1990-yil 1-noyabrda «O`zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti qo'shilib, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantiril-di. Ijroiya hokimiyat Prezident qo'lida birlashtirildi. U ham hukumat rahbari, ham davlat boshlig'i vazifasini zimmasiga oldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta'sis etishdan iborat bo'ldi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotimizda hayotiy ehtiyoj tarzida ro'y berayotgan real o'zgarishlar o'z navbatida siyosiy va huquqiy tafak-kurni shakllantirib bordi. Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq barcha tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi idora, bir necha qo'mitalarning raislari, vazirlik-lar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari, Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengashning mas'ul xodimla i kirdi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasi mo'ljallanayotgan bo'limlarini tayyorlash uchun 6 ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va mutaxassis jalb qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo'ydi:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganib chiqil-
sin;
boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;
keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo'lgan siyosiy-yuridik hujjatlar yaratilsin.
Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o'rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turk-maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari diqqat bilan ko'rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagi-na hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o'rganib chiqdi.
Yana shuni ham aytish kerakki, o'zbek xalqi ajdodlarining dav-latchilikni mustahkamlash yo'lidagi g'oya va fikrlari ham bo'lajak Asosiy Qonunga tayanch manba qilib olindi. Jumladan, Amur Te-murning «Temur tuzuklari»dagi davlatni idora qilishga doir muhim qoidalari ham e'tiborga olindi.
Xususan, Amur Temur umrining oxirida farzandlariga shunday vasiyat qilgan: «millatning dardlariga darmon bo'lmoq vazifangiz-dir. Zaiflarni ко'ring, yo'qsullarni boylar zulmiga tashlamang, adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o'lsun...». Bu fikrlar o'sha davrda davlat yuritishning asosi bo'lib xizmat qilgan. Turonzamin xoqo-ni uchun asosiy g'oya hisoblangan adolat va ozodlik bugungi kunda ijtimoiy adolatni himoya qilishda asosiy mezon hisoblanmoqda.
Shu tariqa O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini yaratish salmoqli nazariy, konseptual zaminga tayandi. Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig'i bilan 1991-yil boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi us-tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yara-tildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan boyi-tilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi. Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yara-tishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tay-yorlab bo'lindi. U muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 mod-dadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi o'zining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi konstitutsiyaviy Qonunni va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonotini qabul qildi. Bu bilan respublika parlamenti mustaqil O'zbekiston Respublikasi, suveren davlat qaror topganligini butun dunyoga e'lon qildi. Qonunda xalq hokimiyatchiligi, demokratik davlatchilik, inson hu-quqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo'linishi, mam-lakatning hududiy yaxlitligi kabi muhim prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu ilg'or demokratik g'oya va prinsiplar Konstitutsiya loyihasi mazmuniga ham singdirildi. Shunga qaramasdan dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash lozim edi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Ta'kidlanishicha, ishchi guruh O'zbekiston xalq deputatlari, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan ham-korlikda loyihaning beshinchi ko'rinishini tayyorladi. Unda o'zbek xalqining tarixiy, milliy va ma'naviy xususiyatlarini imkon qadar to'laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi va-zifalar yuklandi:
huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonlama umumlashtirish va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish;
O'zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning taraqqiyoti tajribasini hamda deputatlarning, turli ijtimoiy gu-ruhlarning milliy-madaniy markazlarning mulohazalari va takliflari-ni umumlashtirish;
Konstitutsiyaviy komissiya a'zolaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqish va loyihaga tegishli o'zgarishlar kiritish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ish-lovlardan so'ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
Mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi, butun xalq ommasi Konstitutsiya loyihasini katta qiziqish va ozod Vatan uchun cheksiz iftixor tuyg'ulari bilan kutib oldi. Bu o'z-o'zidan tushunarli holat. Zero, davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko'p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo'lishiga bog'liq. Aniqrog'i har qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhi-yatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi.
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko'lamli bo'lib, yuksak ijodiy ko'tarinkilik va ishchanlik kay-fiyatida o'tdi. U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishi-ning yorqin namoyishi bo'ldi. Loyihaning qizg'in hamda manfaatli muhokamasi xalqimizning o'zi Mustaqil O'zbekiston Asosiy Qonu-nining bevosita ijodkori bo'lganligini ko'rsatadi.
Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yan-gilik bo'ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi. Shunday qilib, huquqiy pretsendent ro'y berdi - umumxalq muhokamasi ikki bos-qichda amalga oshirildi. Bu hoi muhokama ishtirokchilarini siyosiy jihatdan faollashtiruvchi qudratli turtki bo'ldi. Uning maqsadi fuqa-rolarga ularning muhokamadagi jonbozligi mahsuli va samaralarini aniq ko'rsatishdan iborat edi.
Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq tak-lif va mulohazalar bildirildi. Faqatgina Konstitutsion komissiyaga mingdan ziyod xatlar tushdi. Ularda loyihaning ixcham, lo'nda, chuqur ma'noli va barchaga tushunarliligiga yordam beruvchi mulohazalar bildirildi. Taklif va mulohazalar Konstitutsiya loyihasining hamma moddalariga daxldor bo'lib, matnning deyarli yarmiga tuza-tishlar qilindi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Taklif va mulohazalarning aksariyati fuqarolar huquqi va burch-lari, shaxs daxlsizligi, dinning jamiyatdagi o'rni va roli, iqtisodiy huquqlar, jumladan, mulk huquqi, bozor munosabatlari va tadbir-korlikni rivojlantirish, huquqiy tartibot va qonuniylikning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan moddalar, boblar va bo'limlarga taalluqli bo'ldi.
Masalan, Konstitutsiya loyihasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» degan bo'limi bo'yicha 1978 ta taklif va mulohazalar tushgan. Shulardan Shaxsiy huquqlar va erkinliklar, Siyosiy huquqlar, Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning burchlari degan VII-XI boblaridagi 29 ta modda yuzasidan 1656 ta taklif va mulohaza bildirilgan. Bular ichida qizg'in muhokama va munozara-ga sabab bo'lgan o'n bitta moddani ya'ni insonning yashash huquqi, fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi, shaxs daxlsizligi, fikr, so'z va e'tiqod erkinligi, har kimning istalgan axborotni olishi va uni tarqa-tish huquqi, din erkinligi va diniy tashkilotlarning siyosiy maqomi, fuqarolarning mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida faollik ko'rsatish huquqi, mulkdor bo'lish va mulkni meros qoldirish huquqi, mehnat qilish va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqi, bilim olish huquqi, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosa-batda bo'lish majburiyati, Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o'tash majburiyati kabi masalalarni alohida ko'rsatib o'tish mumkin.
Mazkur dolzarb masalalar bo'yicha tushgan takliflar soni 1050 ta bo'lib, ular Konstitutsiyaviy komissiya nomiga kelgan takliflar-ning salkam 20% ini tashkil etdi. Bu raqam VII-XI boblardagi mod-dalarga oid takliflar miqdoriga nisbatan esa 63% tashkil qiladi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to'plangan boy materialni har tomonlama va chuqur o'rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimizning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo'ldi.
Umumxalq muhokamasi davom etayotgan davrda ham Konstitutsiya komissiyasi Raisi loyihani takomillashtirishga katta e'tibor qaratdi. Fuqarolar va mehnat jamoalaridan tushayotgan taklif-mulohazalar jamlanib, Rais e'tiboriga havola etib turildi. Mamlakat Prezidenti Konstitutsiya loyihasi ustida ishlar ekan, uning ortida mil-lionlab fuqarolarning taqdiri turganligini qayta-qayta ta'kidladi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqa-sida keltiramiz:
Loyihaning 1-moddasida «O`zbekiston - demokratik respub-lika» deb yozilgan edi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» so'zini qo'shib qo'ygan. Natijada bu modda «O`zbekiston - suveren demokratik respublika» tarzida bo'ldi. Ma'lumki, suverenitet - har qanday davlatning muhim belgisidir. Konstitutsiyada bu jihatga urg'u berilishi O'zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki, O'zbekiston endi ilgarigidek ittifoq davlatining tarkibida emas. Ikkinchi tarafdan, uning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga qo'shilganligi mustaqillikni va davlat suverenitetini yo'qotdi, degan ma'noni anglatmaydi. Bu MDH shakllanayotgan va uning atrofida turli qarama-qarshi mulohazalar bildirilayotgan bir paytda katta siyosiy ahamiyatga ega edi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha edi: «O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya'ni, respublikada davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi.
Loyihaning 17-moddasi, 2-qismida quyidagi me'yor mustah-kamlangan edi: «respublika o'zining suveren huquqlarini boshqa davlatlar bilan birgalikda amalga oshirishi sharti asosida umumiy faro vonlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida hamdo'stlik va boshqa davlatlararo birikmalarga kirishi, ittifoqlar tuzishi hamda ittifoq-lardan, hamdo'stlik va boshqa davlatlararo birikmalardan chiqishi mumkin». Prezident matndan «o'zining suveren huquqlarni boshqa davlatlar bilan birgalikda amalga oshirishi» so'zlarini chiqarib tashladi va loyihaning quyidagi tahririni bayon qildi: «Respublika uaviaming, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mum-kin».
Inson huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustahkamlovchi qoidalar alohida diqqat-e'tiborga molik bo'ldi. Bu masala dastavval loyihada quyidagicha edi: «O`zbekiston Respublikasi fuqarosi tabi-iy, ajralmas, buzilmas huquq va erkinliklarga ega. Ular daxlsiz va hech kim sudsiz ulardan mahrum etishga va ularni cheklashga haqli emas» (19-modda). Bir qarashda hammasi xalqaro huquq mezonla-riga muvofiqdek ko'rinadi. Ammo Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bu moddani chiqarib tashlab, uni 20-moddaning ikkinchi jumlasi oxiriga qo'shishni taklif etdi. Natijada modda quyidagi ko'rinishga ega bo'ldi: «...Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustah-kamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qaro-risiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas».
Kiritilgan tuzatish - ijodiy tafakkur va donishmandlik mahsuli-dir. Uning to'g'riligi loyihadagi 19-modda mazmunini qo'shimcha tahlil etganda ay on bo'ladi. Ilgarigi ma'noga ko'ra: shaxsning barcha tabiiy huquq va erkinliklari daxlsiz deb tanilib, ular sud muho-fazasiga da'vogarlik qilar edi. Mazkur normaning yuridik jihatdan noaniq va bo'shligi ko'rinib turibdi. Aks holda inson va fuqaroning barcha tabiiy huquqlari to'la ro'yxatini qanday aniqlash mumkin? Bu noaniqlik sharoitida hamma huquq va erkinliklar sud himoyasi bilan ta'minlanishi aqlga sig'adimi? Albatta, yo'q.
Konstitutsiya loyihasidagi «fuqarolarning huquq va erkinlik-larini amalga oshirishlari ularning o'z majburiyatlarini bajarishla-ridan ajralmasdir» - degan so'zlarni Prezident quyidagi aniq ifo-dalar bilan almashtirdi: «Вагспа fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarini bajaradilar» (Konstitutsiyaning 47-moddasi). Endi bu me'yor huquqiy jihatdan sodda, tushunarli, lo'nda va aniq ko'rinishga ega bo'ldi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining tashabbusi bilan loyiha-ga shaxsning daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasi, onalik va bola-likning davlat tomonidan muhofaza qilinishi to'g'risidagi moddalar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bilan erkaklar teng huquqli ekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif etdi. Mazkur majlis ishtirokchilaridan biri prezidentlik boshqaruvi shaklini mustahkamlashni, «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» degan bo'limni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti to'g'risidagi bob bilan boshlashni taklif qildi. Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bunga e'tiroz bildirib: «Avvalo Parlament haqidagi, so'ngra Prezident haqidagi bob bayon etiladi. Konstitu-tsiyamizda birinchi navbatda xalq demokratiyasi ustuvorlik qilishi lozim», dedi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Bu xusus-da Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Prezident I. Karimov ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O'zbekistonning asosiy Qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan qonunlardan farqli o'laroq, demokratik yo'l bilan tayyorlan-gan bo'lib, unda yillar davomida sinovdan o'tgan umuminsoniy qad-riyatlar o'z aksini topganligi, u ko'plab taraqqiy etgan mamlakat-larning tajribalarini o'ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», - deb ta'kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgarish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo'jalik sudlarining vakolat muddati o'n yildan besh yilgacha tushi-rildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to'ldirdi: «01iy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga esa yangi jumla qo'shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish» va hokazo.
Albatta, deputatlar takliflarining rad etilganlari, loyihaga qo'shilmaganlari ham bo'ldi. Masalan, deputat V.A.Kozlov Oliy Majlis ikki palatadan iborat bo'lishini taklif etdi. Biroq, bu taklif qabul qilinmadi, tajribada sinalgan bir palatalik tizim saqlab qolindi.
Sababi, O'zbekistonda hali ikki palatali parlamenti sharoit, taj-riba va ko'nikma yetarli emas edi. Shuningdek, mamlakatda xalq-lar o'rtasida barqarorlik, millatlararo munosabatlar, milliy totuvlik yo'lga qo'yilgani bilan ajralib turadi. Gap ko'p pog'onali parlament tuzishda emas, balki davlatning dono, puxta o'ylangan milliy siyo-satida, asrash va rivojlantirish zarur bo'lgan xalq an'analarida edi. Shuning uchun O'zbekistonda tuzilajak parlament bir palatali, deb lozim topildi.
Viloyatlarda, shaharlar va tumanlarda hokimlar va sudyalarni tayinlash emas, balki saylash to'g'risida ham takliflar tushdi. Sudyalarni va mahalliy hokimiyat organlarini saylash haqidagi qonun uzoq vaqt ishlab keldi, ammo bu amalda hech narsa bermadi. Konstitutsiya komissiyasi boshqa mamlakatlar tajribasiga suyangan holda o'zga yo'lni tanladi. Mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish maqsadida ularni tayinlashga va ulardan zimmalariga yuk-latilgan vazifalarni bajarishni talab qilishga qodir bo'lgan tayinlash tamoyilini maqbul ko'rdi.
Sog'lom, oqilona fikrlar aytilgan ko'plab boshqa takliflar ham tushdi. Biroq, konstitutsiya xarakteridagi hujjatni qabul qilish-da ularning barchasini inobatga olish mumkin emas edi. Shu bois ba'zi takliflar Oliy Kengashning komitetlari va komissiyalariga o'rganib chiqish va tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqishda foy-dalanish uchun yuborildi. Xullas, ikki yil tayyorgarlik va ikki yarim oy umumxalq muhokamasidan so'ng Konstitutsiya loyihasi sessiya tasdig'iga havola qilindi.
Ba'zi deputatlar loyihaning 58-moddasida kasaba uyushmala-riga a'zolik majburiy ravishda bo'lishi haqidagi qoida mustahkam-lansin, degan takliflarni ilgari surdilar. Ushbu fikr ham qo'llab-quvvatlanmadi. Chunki bu jamoat birlashmalarining ixtiyoriylik asosida tuzilishi prinsipiga zid edi.
Deputat M.Yusupov 118-moddaning 3-qismida «viloyat, shahar va tuman prokurorlari tegishli ma'muriy-hududiy birlikning hoki-mi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar», degan qoida yozilishi-ni taklif etdi. Bu taklifga Oliy Kengash deputatlarining ko'pchiligi qo'shilmadi. Sababi amaldagi qonunchilik va tajribaga muvofiq, prokuratura organlari yakkahokimlik tamoyili asosida tuziladi va faoliyat yuritadi. Shu bois barcha bo'g'indagi prokurorlar Respublika Bosh Prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar. Bundan tash-qari, prokuratura organlari xuddi sudlar singari mahalliy hokimiyat organlari ta'siri ostida bo'lishi mumkin emas. Boz ustiga prokuratura tegishli hududdagi hokimlar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Deputatlarning bir qator taklif va mulohazalari Konstitutsiya loyihasining tahririni, uslubiy ravonligini barkamollashtirishga ко'так berdi.
Shunday qilib, suveren demokratik O'zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qomusimiz davlat mustaqilligimizning mevasi, samarador mahsuli sifatida dunyoga keldi va hurligimiz, ozod-erkinligimiz qalqoni sifatida yashamoqda.
Konstitutsiya kelajagi buyuk O'zbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam huquqiy poy-devor bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissi-yaning Raisi I. Karimov Oliy Kengashning o'n birinchi sessiyasida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida shunday deb ta'kidladi: Hur O'zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish - jumhuriyatimizning yangidan tug'ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir... Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qi-ladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi mu-qarrar... Konstitutsiya o'zining tub mohiyati, falsafiy g'oyasiga ko'ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo'q. Jamiki dunyoviy ne'matlar ora-sida eng ulug'i - inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda «fuqaro - jamiyat - davlat» o'rtasidagi o'zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik.
O'zbekiston Konstitutsiyasi oliy darajadagi qonun sifatida dav-latimizning qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik tamoyillarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo'nalishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafo-latlanganligini, hamda, ma'naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustah-kamlab berdi.
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi tarixida birinchi mar-ta xalqaro huquqning hamma tomonidan e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlariga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga asos-langan real, tub ma'nodagi demokratik Konstitutsiya yaratildi va kuchga kiritildi. Bu Konstitutsiya 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiya»si va «O`zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonunda mustahkamlan-gan prinsiplar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida ishchi guruhi BMTning xalqaro huquqiy hujjatlariga, ayniqsa, 1984-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiya-siga, Siyosiy va fuqarolik huquqlari to'g'risidagi Bitimga (1966), Xelsinkida imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashki-lotining (OBSE) yakunlovchi hujjatiga asoslanganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O'zbekiston Respublikasining tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrdagi o'n birinchi sessiyasi tomonidan O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea edi.
Dostları ilə paylaş: |