d) Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji
Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo'lishi lozim.
2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi o'tkazildi. Referendum yakunlariga ko'ra 2003-yil aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning o'n birinchi sessiyasi O'zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida qonun qabul qildi.
Ushbu qonun asosida O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi moddalariga kiritilgan o'zgartirishlar asosan uning beshinchi bo'limi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga taalluqli bo'ldi.
Ma'lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi O'zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o'zgartish to'g'risidagi masa-lalarga bag'ishlangan edi.
Referendum qarorlariga muvofik, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish uchun asos bo'lib hisoblandi. Shunga muvofiq XVIII bob quyidagi tahrirda bayon etildi:
Dostları ilə paylaş: |