O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


«76-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy dav­lat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amal­ga oshiradi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə38/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

«76-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy dav­lat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amal­ga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan qonun­chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi va Senati vakolat muddati besh yil».

Shunga ko'ra, 2004-yil 25-dekabrda bo'lib o'tgan saylovga mu­vofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata­si hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'p partiyaviylik asosida bir yuz yigirma deputatdan iborat tarzda shakllantirildi. Konstitutsiyaga muvofiq 2005-yil, yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj­lisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teng miqdorda - olti kishidan saylandi. Ayni chog'da O'zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Senatining o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliya-tining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.

Yana shuni aytish joizki, Saylov kuni yigirma besh yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fiiqarosi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati, shu-ningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi bo'lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo'yiladigan talablar qonun bilan kafolatlandi.

Ayni bir shaxs bir paytning o'zida O'zbekiston Respublika­si Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo'lishi mumkin emasligi ko'rsatib qo'yildi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin