UCHINCHI BOB
MUSTAQIL O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TARKIBIDA SUVEREN QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI
1-§. O'zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog'iston davlatchiligi taraqqiyoti
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o'tishdi.
i Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi-laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel-di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha ko'magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlib> bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo-siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoti bilan ta-nishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo'lgan e'tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog'iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo'lgan o'lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muam-molar ustiga muammolar to'plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog'liq bo'lgan jiddiy muammolar paydo bo'ldi.
To'planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo'l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan O'zbek va Qoraqalpoq xalqlari o'z taqdir-larini abadiy birlikda ko'rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda torn ma'nodagi siyosiy va iqtisodiy mus-taqillikka o'zbek xalqi ko'magida erishdi va o'zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko'st amalga oshadigan bo'ldi.
Qoraqalpog'iston jamoatchiligining O'zbekiston tarkibida dav-lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo'lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suve-reniteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara-tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlit-ligi va mustaqilligi to'la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito-monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko'rsatib berildi. Har ikki respublika o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi-yasida (70-75-moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo'ldi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O'zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning huquqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o'rinbosarlaridan bin Qoraqalpog'iston Respublikasining vakili bo'ladi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa O'zbekiston Respublikasi sud tizimiga Qoraqalpog'iston Respublikasining xuddi shunday huquq organlari kiradi. Sud hujjatlari o'zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
O'zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo'yil-ganidek, Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z Konstitutsiyasiga ega bo'lmog'i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprel) Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog'iston hududida to'la amal qilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'istonning butun hududida majburiy ekanligi e'tirof etil-gan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla-ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra-isi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabat-larini shakllantirishga mo'ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo'qarg'i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo'lib, uning tarkibiga Jo'qarg'i Kenges Raisi, rais o'rinbosarlari, Ministrlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo'mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o'rinbosar va 4 ta tarmoq o'rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarki-bini Vazirliklar va qator tarmoq qo'mitalari rahbarlari tashkil etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o'zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qa-ror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda Respublika hududida hukumatga qarashli bo'lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi» «EKOSAN» «Aralsos», «Sog'lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo'limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida Qora-qalpog'istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamona-viy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo'yilgan bo'lsa-da, hali bu borada qator muammolar hamon saqlanib qolmoqda.
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayot-gan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlarni hayotga to'la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Shu bois sessiyada nutq so'zlar ekan, Prezident I. Karimov «... Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, avvalo o'z tasarrufida belgilangan, topshirilgan ishlar bilan shug'ullanishini ta'minlash zarur», - deb ko'rsatma berdi.
Sessiyada Qoraqalpog'iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro'yirost ko'rsatib o'tildi. Jumladan, Jo'qarg'i Kenges va Ministrlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmi-yatchilik, hujjatbozlik, bo'lar-bo'lmas ma'lumotlar to'plash kabi nuqsonlar tilga olindi.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «01iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi.
Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab chiqarishga doir muam-molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati - Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog'iston davlat-chiligi shakllanish davri bo'ldi. Ayni paytda bu o'lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg'or tajribalari asosida, O'zbekiston davlatining ko'magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to-monlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chuqurlashmoqda.
Dostları ilə paylaş: |