O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə63/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

«Birinchidan: kadrlar masalalarini hal qilishga daxldor kishi­lar, ayniqsa, bizning xalqlarimizning ko'p millatli xususiyatlarini e'tiborga olishi zarur. Kadrlarning tarkibi ustida ham, biz milliy va mahalliy cheklanishlardan ustun turish uchun ham barcha choralarni ko'rishimiz lozim. Bu o'rinda respublikaning ko'p yillik shakllan-gan hayot tarzini, ko'p millatlilik xususiyatlarini, o'zaro hurmat va do'stlik rishtalarini saqlab qolish maqsadlaridan kelib chiqib, ish tutishimiz lozim.

Ikkinchidan: biz kadrlarni ishbilarmonlik fazilatlarini yetarli-cha qadrlay bilishimiz kerak.

Uchinchidan: Hokim mahkamasida har bir fuqaro uchun eshik ochiq bo'lishi shart... Odamlarni arzimas sabablarga ko'ra sarson-sargardon qilishga, bevosita o'z zimmasidagi ish uchun ja-vobgarlikni o'zidan soqit qilishga urinishiga chek qo'yish payti keldi».

O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotganiga o'n besh yil bo'ldi. O'tgan 1991-2006-yillarda ko'plab murakkab va jiddiy iqtisodiy, ma'naviy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga to'g'ri keldi. Mavjud muammolarni hal qilishga kirishilar ekan, ayni chog'da, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish borasida ham qator qiyinchiliklarga duch keldi. Shuning uchun ham hukumat mamlakat-da kadrlar siyosatini zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqish, bu boradagi ko'rsatmalarni hayotga izchil tatbiq etish lozimligini dol-zarb masala qilib qo'ymoqda.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida kadrlar yetishtirish va tarbi-yalash borasida, ular bilan ishlashdagi dastlabki tajribani tahlil qilar ekan, Prezident LA. Karimov kadrlarni uch toifaga bo'ladi.

Birinchi toifa - bu hozirgi og'ir vaziyatdan foydalanib qolish-ga harakat qiladigan, faqat o'z manfaatini o'ylaydigan, xalq g'ami, tashvishidan begona kishilar.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin