O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə61/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Uchinchidan, shuni ham ta'kidlash kerakki, kadrlar siyosati­da 1970-80-yillarda bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namo-yon bo'ldi. Bir tomondan kadrlar korpusida turg'unlik holati an­cha kuchli namoyon bo'ldi. Bir qancha partiya komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho'ro va xo'jalik organlari xodimlari orasida ba'zida o'n yillab zarur kadrlar o'zgarishi ro'y bermadi. Masalan, O'zbekistonda 10-15 yillab viloyatlarning birin­chi rahbarligi lavozimida ishlagan kishilar bo'ldi. Faqat bu hoi res­publika viloyat va tuman darajasida emas, korxona va xo'jalik rah-barligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun'iy turg'unlik xizmat mansabini suiiste'mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo'jaligi boshlang'ich darajasida yana noxush hoi, rahbar kadrlarni tez-tez almashtirish uchray boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib bo-rish o'rniga, ularning professional o'sishida amaliy yordam berish o'rniga, faoliyatlari va imkoniyatlari to'g'risida shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi.

Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik - rahbarlikning barcha darajalarida kadrlarda markaz buyrug'iga so'zsiz itoat qi­lish tuyg'usi tarbiyalandi. Xavfli kasallikka aylangan bunday ho-lat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g'oyat kuchaydi. Bu davr­da markazdan bo'lgan har bir qo'ng'iroq, markazning «otalarcha g'amxo'rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog'da markazdan bo'lgan asossiz ko'rsatmalar esa so'zsiz bajari-ladigan holat vujudga keldi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin