5-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo'l tutilishi
Jamiyatni modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni tubdan yangilash bevosita yangicha tafakkurga ega kadrlarni tayyorlash siyosati bilan bog'liq. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki odimlarida-noq «nomenklatura» so'zi va shu so'z bilan bog'liq kadrlarni tan-lash va joy-joyiga qo'yishning ma'muriy-buyruqbozlik usullaridan voz kechildi. Darhaqiqat, yangi sharoitda kadrlar siyosati yangicha yo'l tutilishini taqozo qilgan muhim omillardan biri davlatni bosh-qarishda mamlakatda yuqoridan pastga qarab milliy-davlatchilik tizimiga xos yangi boshqaruv tizimi vujudga kelganligi edi. Bu, albatta, hayotiy zaruriyat sifatida namoyon bo'lgan hoi. Zotan, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, mamlakat Konstitutsiyasi-da ko'rsatilganidek, uning o'z tabiatiga mos bo'lmog'i lozim. Bu -boshqaruv tizimining milliy xususiyati. Uning umumjahon tamoyil-lari ham bor. Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, har bir mamlakatda kuchli davlat hokimiyati, yuqoridan quyiga qa-dar mustahkam boshqaruv bo'lmasa tinchlik ham, osoyishtalik ham, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik ham, taraqqiyot va rivojlanish ham bo'lmaydi.
Ana shu qoidalardan kelib chiqib, O'zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq sobiq boshqaruv tizimlarini milliy-davlat hokimiyati idoralari bilan almashtirish, ularni zamonaviy kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi. Bu - birinchidan.
Dostları ilə paylaş: |