Uchinchidan, hurriyatga munosabatda ham boshqalardan ando-za olish, mamlakat tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik rahbarni ham, aholini ham, butun mamlakatni ham boshi berk ko'chaga kiritib qo'yadi. G'arb demokratiyasini Sharq mamlakatlarida ko'r-ko'rona joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin. Buning achchiq natijalarini Tojikiston misolida ko'rdik. Erkinlik niqobidagi boshboshdoqlikka yo'l berish, davlat va boshqaruv apparatining behad kuchsizlanishi va bo'shashib ketishi, hokimiyat jilovining o'z holiga tashlab qo'yilishi ming-minglab xo-nadonlar boshiga kulfat keltirdi.