O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Ispaniya qirolligining Fransiyadagi elchixonasi siyosiy ma-salalar bo'yicha maslahatchisi K. Ruiz de Velaskoning



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə77/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ispaniya qirolligining Fransiyadagi elchixonasi siyosiy ma-salalar bo'yicha maslahatchisi K. Ruiz de Velaskoning ta'kid-lashicha, O'zbekistonda qabul qilingan «Nodavlat va notijorat tash­kilotlari faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi Qonun davlat tomonidan NNTga ko'rsatilayotgan ko'makning ajralmas qismi va mamlakat demokratik taraqqiyotining muhim omilidir. U NNTlar faoliyatini ijtimoiy yo'naltirilganligini rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi. Aytish joizki, mazkur qonun moddalariga yetarli darajada amal qi­linishi ushbu tashkilotlarning ijtimoiy faoliyatini erkinlashtirib, ular­ning huquqlarini ta'minlash va himoyalashning qonuniy kafolatlari-ni yaratadi. Mamlakat hukumati tomonidan ko'rsatiladigan bunday yordam huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.»

Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy fanlar akademiyasining Shar-qiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyo sektori mudiri Sun Chjuanchji:

«Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to'g'ri-sida»gi Qonun O'zbekiston Respublikasining siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim hujjatdir. Ushbu hujjat mamlakat millatlar-aro va dinlararo totuvlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi islohotlarni amalga oshirishning o'z yo'lini tanladi. Yangi qonun buning yorqin tasdig'i bo'lib, men uning quyidagi jihatlarini alohida qayd etishni istardim.

Birinchidan: davlat qonunchilikka muvofiq nodavlat va noti­jorat tashkilotlarining axborot izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqini ta'minlaydi. Bundan tashqa-ri, intellektual faoliyatning obyektiv aks etgan natijalari va uni indi-viduallashtirish vositalariga egalik qilish huquqini ham kafolatlaydi-ki, bu yuqorida aytib o'tilgan tashkilotlar erkin va mustaqil ravishda ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.

Ikkinchidan: davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar shaklida nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatiga ko'maklashishi mumkin. Qator mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ko'plab bunday tuzilmalar xorijiy tashkilotlardan moliyaviy yordam olib, asosan hu-kumatga qarshi qaratilgan faoliyat bilan mashg'ul bo'lib turgan bir paytda O'zbekistonda qabul qilingan qonun NNTlarning rivojlanishi uchun asos va imkon yaratib, ular bilan hukumat o'rtasida yaqin alo-qalar o'rnatilishiga xizmat qiladi».


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin