Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma'lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig'iga mos bo'lmog'i kerak edi. O'zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu-siylashtirishni o'zi boshqarib borishi ko'zda tutildi. Shuning uchun O'zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g'oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo'ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo'li bilangina mulkchilik-ning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.