O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


UNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Maykl Barri Leyn



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə152/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

UNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Maykl Barri Leyn O'zbekiston bosh kentining Islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinishi munosib maqom, deb baholadi.

  • Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro'yxatiga ki-ritilgan Usmon qur'oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda, Baroqxon, Ko'kaldosh madrasalari, Qaffol Shoshiy, Shayx Xovand Tohur, Yunusxon, Zangi ota yodgorlik majmualari binolari asrab-avaylab kelinmoqda. 2007-yilda ushbu muhim voqea munosabati bilan UNESKO Markaziy Osiyo islom merosiga bag'ishlangan xal­qaro konferensiyani Toshkentda o'tkazishni rejalashtirmoqda, - deb ta'kidladi UNESKO vakolatxonasining rahbari.

  • Toshkentda istiqomat qilayotgan har bir inson shaharning ma­daniy va tarixiy muhitini qalban his qiladi, - deydi BMT Aholi zichligi fondi (UNFPA)ning O'zbekistondagi vakili Xolid Filbi. -Muzeylar va madrasalarning mahobatli binolari, Toshkent islom universiteti faoliyatida aks etayotgan sermazmun islom madaniyati shaharni butun Osiyo qit'asidagi eng yorqin islom madaniyati mar-kazlaridan biri, deb e'tirof etilishiga sababchi bo'lgani tabiiydir.

Uzoq tarixdan boshlaboq musulmon dunyosi tarixida asosiy o'rinlardan birini egallab kelgan, jahonga Buxoro, Samarqand, Xiva-ni tuhfa etgan O'zbekistonning go'zal poytaxti eng muhim islomiy markazlardan biri, deb e'tirof etilishiga har tomonlama munosib.

- Ushbu to'g'ri va adolatli qarorning qabul qilinishi O'zbekistonning boy islomiy madaniyati bilan bog'liq ekanligiga shubha yo'q, - dedi Fransiyaning O'zbekistondagi elchisi Jan Bernar Art ISESCO qarorini sharhlar ekan. - Musulmon olami-ning jahonga mashhur qator olimlari, faylasuf va shoirlari ushbu mamlakat hududida yetishib chiqqanlar. Toshkentning islom ma­daniyati poytaxtlaridan biri, deb tan olinishi jahon jamoatchiligiga O'zbekistondagi boy islomiy meros bilan yaqindan tanishish imko-nini berishiga shubha yo'q.

«O`zbekiston bunday e'tirofga loyiqdir, - deydi Buyuk Bri-taniyaning O'zbekistondagi elchisi Devid Moran. - Musulmon olamining eng muhim yodgorligi - Usmon qur'oni O'zbekistonda saqlanadi. Toshkentning islom madaniyati poytaxtlaridan biri, deb e'tirof etilishi G'arb jamoatchiligida uning boy va o'ziga xos tarixiy-madaniy hamda ma'naviy merosiga qiziqishni kuchaytiradi.

O'zbekiston xalqi Toshkent bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ulug'vor hamda go'zal shaharlari bilan har qancha faxr-lansa arziydi.

- Toshkentning o'tmishi va qadimdan saqlanib kelayotgan boy merosini e'tiborga olgan holda mazkur qaror adolatli qabul qilingan, deb hisoblayman.

O'zbekiston shaharlari islom dini va madaniyati bilan cham-barchas bog'liq bo'lgan ko'plab me'morchilik yodgorliklari ila dun-yoda nom taratgan. Qadimiy Buxoro va Samarqand shaharlari ham Toshkent bilan bir safdan joy olishga sazovordir.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin