O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari,
Toshkentning 2007-yilda islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb e'lon qilinishi munosabati bilan shaxsan o'z nomimdan va Senatning xalqaro aloqalar qo'mitasi nomidan yo'llayotgan sami-miy tabrigimni qabul qilgaysiz. Ta'lim fan va madaniyat masalalari bo'yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) mazkur qarori Siz-ning rahbarligingizda O'zbekistonda, jumladan, poytaxt Toshkentda mintaqaviy madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayot-gan xayrli ishlarning yana bir e'tirofidir.
Ijozatingiz bilan yana shuni ta'kidlamoqchimanki, Toshkentning islom madaniyati poytaxti, deb e'lon qilinishi butun Osiyo qit'asi uchun katta sharafdir.
Yaqinda Pokiston parlamenti delegatsiyasi O'zbekiston Respubli-kasiga tashrif buyurib, samarali muzokaralar o'tkazdi va biz samimiy mehmondo'stlik uchun O'zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligi-dan g'oyat minnatdormiz. Bu samimiy mamlakatlarimiz o'rtasidagi yaqin do'stlik va birodarlik rishtalaridan yana bir dalolatdir.
Ezgu tilaklar bilan,
MUSHOHID HUSAYN SAID, Pokiston Islom Respublikasi Senatining Xalqaro aloqalar qo`mitasi raisi.
Dostları ilə paylaş: |