Uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko'chmaydi. Buning uchun qator mamlakat-lararo va mintaqalararo faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar maqomini biroz o'zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi-rasiga kiritish zarur. Ana shunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug'ullanadigan masalalar konkretlashadi. Joylarda unga bo'ysunuvchi xalqaro tash-kilotlarning mintaqaviy muammolar va mamlakatlararo munosabatlarda yuz berayotgan muammolarni o'z vaqtida hal etish imkoniyati tug'iladi. BMTning turli mintaqalardagi, jumladan, Markaziy Osiyo-dagi vakolatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish ularning maqomini oshirish zarurati haqida gapirar ekan, Prezident I. Karimov «Bir-lashgan Millatlar Tashkiloti qayerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O'zbekiston qayerda? Markaziy Osiyoda! Shuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq bo'lishi kerak. Unga hali ko'proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi na-zardan imkoniyatlarini kengaytirish кегак» - deydi, O'zbekiston televideniyesi muxbiri savollariga javob bera turib.
Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, arab davlatlarida Islom Tashkiloti, Janubiy-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Kengashi faoliyat ko'rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotlar mavjudki, ana shularning hammasini birlashtirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasiga kiritish, xalqaro tashkilotlar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan muhim omil ekan-ligini ko'rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: |