O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə206/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Mavzuga doir material

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylariga Muhtaram Prezident janoblari!

Siz bilan vitse-prezident A. Gorr o'rtasida g'oyat foydali suhbat bo'lib o'tgani menga ma'lum. Sizning Qo'shma Shtatlar bilan yaqin aloqada mustaqil, ishonchli va ravnaq topuvchi mamlakatni barpo etish uchun faol ishlashga tayyor ekaningiz bizda katta taassurot qoldirdi. Vazir U. Perri ham shu yil aprel oyida O'zbekistonga safa-ridan keyin menga xuddi shunday zo'r taassurot olganini aytgan edi. Uning fikricha, mudofaani ancha foydali tijorat faoliyatiga - konver-siyalashga intilayotgan O'zbekiston korxonalari bilan birgalikdagi hamkorlik aniq bir yo'l - islohotlarni amalga oshirish va aloqala-rimizni chuqurlashtirish borasidagi Sizning kuch-g'ayratlaringizni qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Men savdo vaziri o'rinbosari Perri Karter, chet ellarda xususiy sarmoyalar bo'yicha korporatsiyaning (OPIK) vitse-prezidenti De-niel Riordan hamda Mudofaa vazirligining bosh maslahatchisi Jefri Mur rahbarligidagi mudofaa sanoatini konversiyalash bo'yicha de-legatsiyani Amerika savdo-sanoat doiralarining yuqori martabali 16 vakili bilan birga ana shu maqsadlarga erishishda yordam berish uchun yuboryapman. AQSH hukumatining uchta Mahkamasi qat-nashayotgani to'siqlarni bartaraf etishda, amaliy hamkorlikni rivoj-lantirishda va konversiyaning muvaffaqiyatli o'tishida birga ishlash borasidagi majburiyatimiz jiddiyligini tasdiqlaydi. Sizning madadi­ngiz va ishtirokingiz mana shu kuch-g'ayratlarda hayotiy muhirn ahamiyatga ega bo'ladi.

Mazkur delegatsiyada Amerika biznesining ishtiroki to'g'risida bir necha og'iz so'z aytishga ijozat bergaysiz. O'zbekistonning ishonchli sherik sifatidagi obro'si, uning tabiiy resurslarga boyligi va yuqori malakali ishchi kuchini yetkazib bera olishi Amerika-dagi eng yaxshi kompaniyalar rahbarlarining e'tiborini mana shu safarda qatnashishga jalb etdi. Safar mudofaa sanoatini konversi-yalash bo'yicha loyihalarni muhokama etish uchun Sizning rasmiy vakillaringiz va korxonalarning rahbarlari bilan uchrashish hamda O'zbekistonning imkoniyatlarini ilk manbadan bilib olish ajoyib imkonini yaratadi.

Umid qilamanki, bu uchrashuvlar mamlakatlarimizning iqti­sodiy farovonligiga o'z hissasini qo'shadi, xalqlarimiz o'rtasidagi savdo aloqalarini chuqurlashtiradi va o'rtamizdagi munosabatlarni taraqqiy ettiradi.


Samimiyat bilan,


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin