O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


d) Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə37/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

d) Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji

Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo­hotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo'lishi lozim.

2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi o'tkazildi. Refe­rendum yakunlariga ko'ra 2003-yil aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning o'n birinchi sessiyasi O'zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida qonun qabul qildi.

Ushbu qonun asosida O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi moddalariga kiritilgan o'zgartirishlar asosan uning beshinchi bo'limi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga taalluqli bo'ldi.

Ma'lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi O'zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o'zgartish to'g'risidagi masa-lalarga bag'ishlangan edi.

Referendum qarorlariga muvofik, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o'zgar­tirishlar va qo'shimchalar kiritish uchun asos bo'lib hisoblandi. Shunga muvofiq XVIII bob quyidagi tahrirda bayon etildi:




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin