O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə34/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Uchinchidan, O'zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayo-nini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g'oyat muhim sharti - bu ommaviy axborot vositalarini rivojlanti-rish, demokratik andozalarni joriy etish bo'yicha aniq va izchil cho-ralarni amalga oshirishdir.

Bu boradagi asosiy vazifa - mamlakatimizda islohotlarni chu­qurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lmish matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mus­taqilligi va erkinligini amalda ta'minlashdan iborat.

Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xo-rijda sodir bo'layotgan voqealar to'g'risida xolis va tezkor axborot-lar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo'lidan ilgari borishimizga to'siq bo'lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkor, professi-1 onal tahliliy materiallarai kutadi.

Shuni tan olish kerakki, biz mustabid tuzum merosi va aqidalari-dan, uning mafkurasi, ma'muriy nazorati va senzurasidan juda katta qiyinchilik bilan xalos bo'lyapmiz.

Haligacha jurnalistlar faoliyatida o'z-o'zini senzura qilish, yuqoridan buyruq kutish kayfiyatlari sezilib turibdi.

Ayni paytda shuni ham qayd etish zarurki, axborot erkinligini ta'minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o'z fikri va g'oyalarini, sodir bo'layotgan voqealarga munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, demokratiyani chuqurlash­tirish va aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamla­kat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki to'g'risida so'z yuritib bo'lmaydi, degan tushuncha jamoatchiligimiz o'rtasida tobo­ra kuchayib va mustahkamlanib bormoqda.



To'rtinchidan: navbatdagi o'ta muhim masala - davlat tashqi siyosati ustuvor yo'nalishlarini belgilab olish.

O'zbekiston tarixan qisqa davr - 1991-2009-yillar ichida dunyo hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning faol subyek-tiga aylandi.

O'zbekistonning jahondagi obro'-e'tibori yuksalib borayotgani eng avvalo:


  • yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlari-ni amalga oshirish natijasida qo'lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlarda, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etili-shida mujassam bo'lmoqda;

  • bu - davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma'lum bo'lgan, min-taqamizda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy samarasida o'z ifodasini topmoqda;

  • va nihoyat, bu - mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o'ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida namoyon bo'lmoqda.

  • O'zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo'ljallangan tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqa-mizda vujudga kelayotgan murakkab va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan milliy manfaatlarimiz va mam­lakatimiz xavfsizligini ta'minlash nuqtayi nazaridan yondashmoqda.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin