Oltinchi ustuvor yo'nalish - sud-huquq sohasini isloh qilish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini ta'minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklari-ni himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo'nalish - islohotlarning samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish de-mografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qilish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakllantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy hodisadir.
O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning izchil mexaniz-mi yaratildi. Buyuk kelajakka qaratilgan yalpi yangilanishlar kon-sepsiyasi vaqt o'tgani sayin shakllantirib, rivojlantirib borilmoqda. Buni Prezident I. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam-la katni modernizatsiya va isloh etishdir» mavzusida ma'ruza qildi. Unda ko'p qirrali islohlarni amalga oshirish tamoyillarini yana ham chuqurlashtirdi. Jumladan, quyidagilarni alohida ta'kidladi:
Birinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo'lmish mamlakat Parlamen-tining roli va ta'sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va barqaror muvoza-natga erishishdan iborat.
Shu borada:
Prezident vakolatlarining bir qismini Parlamentning yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o'tkazish, professional, doimiy asos-da ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish;
Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu bilan birga, mas'uliyatini kuchaytirish;
sud hokimiyatining mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash-ga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Biz oldimizga qo'ygan maqsadni soddagina ifodalamoqchi bo'lsak - har qanday hokimiyat, u qonunchilik yoki ijro va sud hokimiyati bo'ladimi - bularning barchasi quyidagi talablarga javob berishi shart. Ya'ni, har qaysi o'z vazifasini anglashi, o'z mas'uliyatini his qilishi, o'z yukini ko'tarishi va ta'bir joiz bo'lsa, o'z aravasini mustaqil ravishda tortishi darkor.
Dostları ilə paylaş: |