O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə32/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad:

  • parlament o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har to-monlama asosli va puxta qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo'lgan o'zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;

  • Qonunchilik palatasi o'z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;

  • Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillari-dan iborat bo'lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga eri­shish;

  • aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko'lamini yanada kengaytirish.

Ikkinchidan, Biz hokimiyatning uchinchi tarmog'i - sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz.

Sud - odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish hu­quqiy davlat barpo etish yo'lidagi qonuniy jarayon. Shu munosabat bilan prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o'tkazish ho-zirgi zamonning mantiqiy talabidir. Va bu, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan aloqador masalalarga tegishlidir.

Bugungi kunda jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dast­labki tergov va sudgacha bo'lgan jarayon ustidan sud nazoratini ku­chaytirish bilan bog'liq ayrim qoidalarni qaytadan ko'rib chiqish zarurati vujudga keldi.

Boshqa demokratik davlatlar kabi O'zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual maj-buriy choralarini qo'llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o'tkazish kerak, deb o'ylayman.

Biroq ushbu jarayon tashkiliy - huquqiy masalalarini pux­ta va jiddiy tarzda ishlab chiqishni hamda sud tizimida va u bilan bog'liq boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o'zgartirishlarni kiritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo'lishini taqozo etadi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin