O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə47/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Birinchi farq shundaki, avval ko'rganimizdek, Oliy Majlisga saylov ko'ppartiyaviylik asosida o'tkazildi. Har bir saylov okrugi-da 2-3 nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilarga amal-da ana shu nomzodlardan tanlab olish huquqi berildi. Shunday ko'ppartiyaviylik tamoyili Oliy Majlis ishida ham joriy etildi.

Ikkinchidan, Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat vakillik organ-lariga saylovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.

Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayoni-da ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o'rni va soni oldindan belgilab qo'yilar edi. Buning ustiga, Parlamentda va

Mahalliy Kengashlarda vazifasi bo'yicha, albatta, deputat bo'luvchi o'rinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondashuvdan voz kechildi.

Oliy Majlis deputatlari turli partiya va harakatlarning vakillari-dan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylandi. Respub-lika fuqarolari saylovlarda, eng avvalo, nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ularning ishchanlik va axloqiy sifatlariga, eng muhim dasturlarining mazmun-mohiyatiga katta e'tibor berdilar.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin