O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə44/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Iккinchi bob
JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH DAVRIDA SIYOSIY ISLOHOTLAR

1-§. O'zbekistonda Oliy davlat vakillik organi -Qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi
O'zbekiston tarixida birinchi marta butunlay yangi sharoitlarda siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlar keng qamrovli yangilanishlar amalga oshirilishi yirik tarixiy va ijtimoiy hodisa. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasidagi sa'y-harakatlar bu ishlar-ning eng muhimi hisoblanadi.

O'tgan asrning 90-yillari boshiga kelib yosh mustaqil davlatlardagi siyosiy vaziyat shunday ediki, ular oldida ijtimoiy rivojla-nishning ikki yo'li turar edi. Birinchisi, xalq xo'jaligini avvalgidek sotsialistik yo'nalishda rivojlantirish. Ikkinchisi, taraqqiyotning sot-sialistik ham, kapitalistik ham emas, balki jahon amaliyoti sinovidan o'tgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli, demokratik jamiyat qurish yo'lidan borish edi.

Ma'lum bo'ldiki, tuzumning sotsialistik taraqqiyot yo'li sovet ja-miyati misolida mutlaqo o'zini oqlamadi. U ma'muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan bo'lib, xalqning ijodiy, erkin mehnatiga qulay sharoit yaratmas edi. Ikkinchisi esa rivojlangan mamlakatlar sinovi-ga bardosh bergan, xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan yo'l edi. O'zbekiston shuni tanladi, shu yo'lning siyosiy va huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga dadillik bilan kirishdi. Shu tariqa O'zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik dav­lat va fuqarolik jamiyatini qurish yo'liga kirdi, bozor iqtisodiyotiga o'tish, xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamja-miyatiga kirish yo'lini tutdi. Prezident I. Karimov «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kitobida «Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijti­moiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi кегак», -deb ko'rsatgan edi. Ayni chog'da siyosiy sohada bu «...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajra-tish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyo­siy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hukumati hamda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo'yish, adolatli va insonparvar qo-nunchilikni vujudga keltirishi mumkin», - deb ta'kidlagan edi. Ana shu уо'1-yo'riqlar va ko'rsatmalar asosida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

1990-yilning 18-fevralida O'zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi. U o'z faoliyatini boshlagan paytda sobiq sho'ro tuzumining qonunlari amalda edi. Mustaqil O'zbekistonning mustaqil taraqqiyoti endi yangi tipdagi qonunchi-lik tizimini taqozo etar edi. Shuning uchun ham Oliy Kengash O'zbekiston mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan yangi qonunchi-lik tizimini vujudga keltirish yo'lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. 1990-1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga ya-qin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklara-tsiyasini qabul qildi, Oliy Kengashning O'zbekiston mustaqilligi ha­qidagi tarixiy qonunlarni, xususan, Asosiy qonun - Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi ulkan hodisalar hisoblanadi.

Oliy Kengash shu va shu kabi boshqa qonun hujjatlari bilan mamlakatda siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning huqu­qiy asosini yaratib berdi.

Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o'ziga xos rivojlanish yo'lidan qat'iy borish, avvalo, O'zbekistonda Oliy davlat hokimiyat-larini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni taqo­zo etardi. Ma'lumki, yangi Konstitutsiyaning V bo'limi davlat hoki­miyatini tashkil qilish tamoyillarini o'z ichiga oladi. Shu bo'limning XVIII bobi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bag'ishlangan va uning 76-moddasida: «O`zbekiston Respublikasi­ning Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqa­ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi», - deb mustahkamlandi.

O'zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda si­yosiy islohotlar amalga oshirilar ekan, 1993-yil 28-dekabrida bo'lib o'tgan mamlakat Oliy Kengashining XIV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida», 1994-yil 22-sentabrda bo'lib o'tgan XVI sessiyada «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida» qonun qabul qilindi. Bular demokratik ta-moyillarga asoslangan hokimiyat bo'linishining eng xalqchil va za­monaviy shakllari hisoblanadi. Ayni paytda bu sohada tub islohotlar­ni amalga oshirish zarurati borligini ham ko'rsatadi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin