Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. Respublika
mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va
aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish
tizimini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy
aviakompaniyasi (1992-yil), «O‘zbekiston avtomobil transporti» («O‘zavtotrans
») davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), «O‘zbekiston temir
yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil
etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik
kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va mas’uliyati
cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan
avtomobil yo‘llarini qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish
rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda
tutgan o‘rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo‘shni davlatlar bilan
iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1996-yildan Toshkent–
Andijon–O‘sh magistralining 100 km dan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish
ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonnellari foydalanishga topshirildi.
Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz va Samarqand–Buxoro–Ashxabod
Turkmanboshi avtomobil yo‘li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‘-
laydigan avtomobil yo‘li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi bir
qismi)ning respublika hududidan o‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga
oshirildi. O‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan
bog‘laydigan 340 kilometrli Qo‘ng‘irot–Beynov avtomobil yo‘li qurilishining
birinchi bosqichi yakunlandi.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish
bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy–
Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar
tashish ishlarini maqbul holga keltirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish,
transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni
kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi
faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2004-yilda «O‘zbekiston transport
va transport kommunikatsiyalari uyushmasi» tashkil etildi. Uyushma tarkibiga
«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zbekiston
havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va
daryo transporti agentligi, «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi, transport kommunikatsiyalarini
qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish
tashkilotlari kiritildi.
Bu davrda «O‘zbekiston havo yo‘llari» belgisi bilan parvoz qilayotgan
samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam
qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o‘zgarishlar
mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi
obro‘-e’tiborini yanada oshirishda o‘ziga xos omil bo‘ldi.
Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 2001-yilda
341 km bo‘lgan Navoiy–Uchquduq–Sultonzoda yo‘nalishi, 2007-yilda
uzunligi 220 km bo‘lgan G‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi
qurilishi tamomlangan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdosotiq,
tranzit aloqalarining rivojlanishi va O‘zbekistonni dengiz transportiga
olib chiqadigan eng yaqin yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tishini
hisobga olgan holda bir qator yangi temir yo‘l qurish loyihalari ishlab
chiqildi. 2010-yil O‘zbekiston Afg‘oniston uchun strategik ahamiyatga
ega bo‘lgan loyihani amalga oshirdi, ya’ni Hayraton–Mozori Sharif temir
yo‘lining 75 kilometrini qurib berdi. Bu kabi tranzit loyihalarining amalga
oshirilishi O‘zbekiston tashqi savdo geografiyasining kengayishiga asos
bo‘ladi.2016-yil iyunda Angren–Pop temiryo‘li va Qamchiq tunneliochildi.
Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchiAngren–Pop tarmog‘ining qurilishi
Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonningboshqa hududlari bilan bog‘lashga
imkon tug‘dirdi. Bundan tashqari,temir yo‘lning uzunligi 123,1
kilometrni tashkil etib, ushbu loyihadoirasida uzunligi 19,2 kilometrdan
iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneliqurildi.O‘zbekiston Respublikasi hukumati
yo‘lovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni
joriy etish uchun Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab
tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkilqildi. Yangi tezyurar poyezd nomi
Afrosiyob bu – Samarqand viloya-O‘zbekiston temir yo‘llari xaritasi.
Afrosiyob poyezdi.Qamchiq tunneli.Nukus,Urgench,Buxoro,Navoiy,
Samarqand,Termiz,Qo‘qon, Marg‘ilon,Andijon,Qarshi,Olat,Toshkent.
tida joylashgan qadimiy shahar sharafi ga qo’yildi. 2011-yilning oktabridan
boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili
ikkinchi poyezd ham keltirilib, 2012-yilning mayidan o‘z qatnovini boshladi.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda o‘sdi.
2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi
qismi foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi.
2016-yil Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan
Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda.
Mazkur qarorga ko‘ra yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib foydalanishga
topshirish ko‘zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy
Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod
etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer
ustida harakatlanadi.
O‘zbekiston dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni cheklangan 34 ta
davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‘llari transporti respublika
iqtisodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. 2012-yilga kelib aviakompaniya
zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. «O‘zbekiston havo yo‘llari»
aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga
oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishning havo harakatini boshqarmoqda.
Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan,
so‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni
ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan markazning
xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya
xizmati ko‘rsatila boshlandi. O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing –757/767, A-320 samolyotlari, vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100
zamonaviy laynerlari, Boeing – 767–300 ER yuk tashuvchi samolyotlarga
ega bo‘ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing – 787 Dreamliner
keltirildi. Xalqaro parvozlar xaritasiga e’tibor bersak, O‘zbekiston MDHning
barcha yirik shaharlari va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Shveysariya, Hindiston, Turkiya, SaudiyaArabistoni, Janubiy Koreya, Singapursingari ellikka yaqin mamlakatlari bilanbevosita havo yo‘llari orqali bog‘landi.«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi
tarkibida 11 ta (Toshkent,Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch,
Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon,Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar
jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. 2017-yilda Islom
Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik
xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch
aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
O‘zbekiston layneri.«O‘zDAEWOO qo‘shma korxonasida
ishlab chiqarilgan dastlabkiavtomashinalar.
Milliy avtomobilsozlik sanoatigaasos solinishi. 1992-yil avgustda ToshkentdaJanubiy Koreyaning «DAEWOOMotors
» korporatsiyasi va O‘zbekistonning«Avtoqishxo‘jmash» davlat
konserni o‘rtasida Andijon viloyatiningAsaka shahrida avtomobil ishlab
chiqaradigan «O‘zDAEWOO avto»qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida
shartnoma imzolandi. Uning ta’sischilari etib «DAEWOOMotors»
korporatsiyasi va «O‘zavtosanoat» uyushmasi, har ikki tarafning qo‘shma
korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. Korxonaqurilishiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o‘zbekistonlik
yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar JanubiyKoreyaga
borib «DAEWOO» kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish
tajribalarini o‘rganib qaytdilar. 1996-yil iyulda «O‘zDAEWOOavto» qo‘shmakorxonasi ochildi.Bugungi kunda «O‘zavtosanoat»
AK tizimiga kiruvchi «GM Uzbekistan»AJ (2007-yil), «SamAuto» (Samarqandavtomobil zavodi 1999-yil),
«MAN Auto Uzbekistan» (2009),«GM Powertrain Uzbekistan» QK
asosiy ishlab chiqarish kompaniyalarifaoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga,
O‘zbekiston avtomobil sanoatidamahalliylashtirish dasturini amalga
oshirish samarali yo‘lga qo‘yilishi natijasida «O‘zavtosanoat» AK tarkibida75 dan ortiq korxonalar ishlab turibdi.
Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-iyundagi «Xorijiy investisiyalar
ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkiletish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida
«O‘zavtosanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi Fransiyaning «Pejo Sitroen»
guruhi bilan hamkorlikda «Peugeot» va «Citroyon» brendlari ostida
yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashtiriladi. U yerda 2019-yildan boshlab har yili ichki vatashqi bozor uchun yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxonaquriladi.
Agrar islohotlar. Milliy istiqlol-yillarida mamlakat hukumati tomonidan
qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq
xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshirilgan
agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar
shakllantirildi. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning
82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%, sut va sut
mahsulotlarining 60% chetdan keltirilar edi. 1991–2000-yillarda qishloqda
amalga oshirilgan tub agrarislohotlar O‘zbekiston qishloq hayotini
yangi shakl va tizimga o‘zgartiribyubordi. Mamlakatda suv tanqisligi
hisobga olinib, 1998-yildan boshlab
paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida
tomchilatib sug‘orish usuli, Andijonlik
paxtakorlar tashabbusi bilan
chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi
joriy etildi. Shuningdek, O‘zbekiston
kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda
turadi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni
davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Natijada respublikada
ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% in xususiy sektor bera
boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer
xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini
tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi «Dehqon (fermer) xo‘jaligi
to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini
belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi «Fermer xo‘jaliklari
to‘g‘risida»gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi
uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat oziq-ovqat muammosini
o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini
ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Mam-
lakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat
xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ
holatini yaxshilash bo‘yicha 2003–2009-yil-larda 801,5 ming AQSH
dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshrildi. Amalga oshirilgan bunday
tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi birmuncha
oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati
kengaydi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini
yanada kengaytirish maqsadida bu sohada zamonaviy sug‘orish tizimlari
va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga, tuproq
unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqildi.
2008–2012-yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming
500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj
tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash-tiklash ishlari
amalga oshirildi. 2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million
500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi,
yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam
10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming
gektarga kamaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining
samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili respublika
rahbarining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib
kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana
va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan
Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga
ekildi. Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer
xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
2017-yil holatiga ko‘ra, Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan
ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda
yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa
mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.
Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat
qanday edi?
2. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tizimining mohiyati
nimalardan iborat?
3. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan
iborat?
4. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda
qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
6-mavzu. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi