O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham muhim isloxotlar amalga oshirildi


§5 . Parametr qatnashgan kvadrat tenglamalar



Yüklə 98,42 Kb.
səhifə7/9
tarix02.01.2022
ölçüsü98,42 Kb.
#47137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng barcha


§5 . Parametr qatnashgan kvadrat tenglamalar

Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursida o’rganiladigan tenglamalar ichida kvadrat tenglama tushunchasi muhim o’rin egallaydi. Kvadrat tenglamadan tashqari ko’plab tenglamalarni yechish jarayonida ham ko’pincha kvadrat tenglamaga duch kelamiz. Shuning uchun ham o’quvchilarga kvadrat tenglama, uning turlari va ularni yechish usullarini mukammal o’rgatishimiz kerak.

  • 28 -



ax2+bx+s=0 ko’rinishdagi tenglamaga kvadrat tenglama deyiladi. Bu yerda x-noma’lum miqdor, a,b,c lar haqiqiy sonlar va а Ф 0 bo’lib, ularni koeffitsentlar deyiladi.

D — b2 — 4ac ifodaga kvadrat tenglamaning diskriminanti deyiladi. Berilgan tenglamani ildizga ega yoki ega emasligi D ning qiymatiga bog’liq.

Agar D > 0 bo’lsa, berilgan tenglama ikkita har xil haqiqiy

b±\lb2—4ac



xi,2 Ya ildizlarga ega.

  • b

Agar D — 0 bo’lsa, berilgan tenglama ikkita o’zaro teng haqiqiy x1>2 — — ildizlarga ega.

Agar D < 0 bo’lsa, berilgan tenglama haqiqiy ildizlarga ega emas.

Kvadrat tenglamaning ildizlari bilan koeffitsentlari orasida quyidagi munosabatlar o’rinlidir.

b с

x1 + x2 ,x1 • x2 — —

a a

Agar ax2 + bx + с — 0 tenglamada a — 1 bo’lsa, tenglamani keltirilgan kvadrat tenglama deyiladi. Uni ko’pincha x2 + px + q — 0 ko’rinishda yoziladi. Bu tenglama uchun Viet teoremasi deb ataluvchi quyidagi teorema o’rinlidir.

Teorema. Keltirilgan kvadrat tenglamaning ildizlari yig’indisi qarama- qarshi ishora bilan olingan ikkinchi hadning koeffitsentiga, ko’paytmasi esa ozod hadga teng bo’ladi. Ya’ni,

X1+X2 — —p, Xi^X2 — q.

Keltirilgan kvadrat tenglamauchun D — p2 4qbo’ladi.

Agar D — p2 — 4q > 0 bo’lsa, u holda keltirilgan kvadrat tenglama x12

V±^2 —4Q~ dan iborat ikkita haqiqiy ildizlarga ega bo’ladi.

Agar D — p2 — 4q — 0 bo’lsa, u holda tenglama ikkita o’zaro teng haqiqiy ildizlarga ega bo’ladi.

Agar D — p2 — 4q < 0 bo’lsa, u holda tenglama haqiqiy ildizlarga ega bo’lmaydi.


- 29 -



ах2 + 2bx + с — 0 tenglamada D > 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari


-ь+^ь2-


x-2 dan iborat bo’ladi.

1,2 a

x2 + 2px + q — 0 tenglamada D > 0 bo’lsa, u holda tenglamaning ildizlari x12 — —p + ^p2 — q dan iborat bo’ladi.

у — ax2 + bx + с ning grafigi parabola deb ataladi va uning uchi

D (—;4ac b ) nuqtada bo’ladi.

\2a 4a J n


_ -p-jp2-4g _ -p+jp2-4q


Agar x1H —— va x2H41 lar x2 + px + q — 0 keltirilgan


2


kvadrat tenglamaning ildizlari bo’lsa, u holda quyidagi teoremalar o’rinlidir:

  1. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p > 0,q > 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun x1 < x2 < 0 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  2. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p < 0,q > 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun 0 < x1 < x2 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  3. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p > 0,q < 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun x1 < 0 < x2 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  4. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p < 0,q < 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun x1 < 0 < x2 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  5. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p > 0,q — 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun x1 < x20 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  6. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p < 0,q — 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun 0 — x1 < x2 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

  7. Agar keltirilgan kvadrat tenglamada p — 0,q < 0 bo’lsa, u holda uning ildizlari uchun x1 < 0 < x2 tengsizlik o’rinli bo’ladi.

Bu teoremalar yordamida berilgan keltirilgan kvadrat tenglamani yechmasdan qachon uning har ikkala ildizi manfiy, har ikkala ildizi musbat, ildizlaridan biri manfiy, ikkinchisi musbat, bitta ildizi nolga teng, ikkinchisi musbat, bir ildizi nolga teng, ikkinchisi manfiy ekanligini aniqlash mumkin bo’ladi.


- 30 -



Masalan, x2 — 7x + 12 — 0 tenglamada p — —7 < 0 va q — 12 > 0 bo’lganligi uchun ikkinchi teoremaga asosan tenglamaning har ikkala ildizi musbat, x2 — 4x — 5 — 0 tenglamada p — —4 < 0 va q — —5 < 0 bo’lganligi uchun to’rtinchi teoremaga asosan tenglamaning bitta ildizi manfiy, ikkinchi ildizi esa musbat bo’ladi.

Ko’rib o’tilgan bu misollarda biz p va q ning aniq qiymatlarida tenglamaning ildizlari haqida fikr yuritdik. Agar berilgan tenglamada p va q (ax2 + bx + с 0 da a,b,c) lar tayin qiymatlar bilan berilmagan bo’lsa, u holda uning ildizlari p va q yoki a, b, с larning qanday qiymatlar qabul qilishiga bog’liq. Bu holda tenglamani parametr qatnashgan kvadrat tenglama deb ataladi. Ko’pincha berilgan kvadrvt tenglamalarda yuqoridagi parametrlardan birigina qatnashadi. Bunday tenglamalarni o’rganishda quyidagi savollar qo’yilishi mumkin:

  1. Parametr qatnashgan tenglama yechilsin.

  2. Parametrning qanday qiymatlarida tenglama yagona ildizga ega bo’ladi?

  3. Parametrning qanday qiymatlarida bittadan ortiq ildizlarga ega?

  4. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning ildizlari qarama- qarshi ishorali bo’ladi?

  5. Parametrning qanday qiymatlaridatenglamaning ildizlari qarama-qarshi sonlar bo’ladi?

  6. Parametrning qanday qiymatlarida tenglama cheksiz ko’p ildizlarga ega bo’ladi?

  7. Parametrning qanday qiymatlarida tenglama haqiqiy ildizlarga ega bo’lmaydi?

  8. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning har ikkala ildizi k0 dan kichik (katta) bo’ladi?

  9. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning ildizlari (k1,k2) oraliqda bo’ladi?


- 31 -



  1. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning ildizlari dan biri ikkinchisidan к marta katta (kichik) bo’ladi?

  2. Parametrning qanday qiymatlarida tenglama ildizlari kvadratlari (kublari) ning yig’indisi eng katta (kichik) bo’ladi?

  3. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning har ikkala ildizi к sonidan katta (kichik) bo’ladi?

  4. Parametrning qanday qiymatlarida tenglamaning ildizlari orasida ax1 + bx2с munosabat o’rinli bo’ladi? (bu yerda a,b,c lar berilgan sonlar) va hokazo.

Quyida biz yuqorida qo’yilgan savollarga javob beruvchi topshiriqlardan namunalar keltiramiz:

  1. mx2 + 3mx — (m + 2) — 0 tenglama yechilsin.

Yechish: Bu tenglama m parametrning har qanday qiymatlarida ma’noga

ega.

Agar m — 0 bo’lsa, berilgan tenglama 0 • x2 + 3 • 0 • x — (0 + 2) —— 0 yoki —2 — 0 ko’rinishga keladi. Bu esa berilgan tenglamaning m — 0 bo’lganda yechimga ega emasligini bildiradi.


Yüklə 98,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin