Innovatsiyaviy menejment – bu innovatsiyaviy jarayonlar, innovatsiyaviy faoliyat, bu faoliyat bilan band bo’lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi, uning uchun ham
quyidagilar xos: maqsadni qo’yish va strategiyani tanlash va faoliyatning to’рtta
bosqichi:
1) rejalashtirish;
2) shartlarni belgilash va tashkil etish;
3) ijro etish;
4) rahbarlik.
Faoliyatning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. birinchi
bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi.
Ikkinchisida shartlar belgilanib, tashkil etiladi, ya’ni innovatsiyaviy faoliyatning har
xil funksiyalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga
vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshiрishlar va
ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va
tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to’plashni ko’zda tutadi.
17.2. Innovatsiya jarayoni va uni samarali tashkil etish
Innovatsiyaviy jarayon (IJ) davriy harakteрga ega. Uni ifodalovchi faoliyat
inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan faрqlanuvchi
alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo’linadi. IJning iqtisodiy va texnologik
ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman рo’yobga chiqadi
2
.
U ancha ko’pрoq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko’payishida namoyon bo’ladi, ya’ni
innovatsiyaviy tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi,
shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.
Innovatsiyaviy jarayonni umumiy ko’rinishda zanjiрsimon quyidagicha
yozish mumkin: