109
Ma’muriy nazoratda odatda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: xo’jalik
natijalar joriy byudjetdagi rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan mosligi aniqlanadi,
haqiqiy va rejalashtirilgan sotish hajmi solishtiriladi, firmaning
bozordagi ulushini
o’zgarishlari tahlil kilinadi va buyuрtma poрtfelining holati ham tahlil qilinadi. Bu
tezkor nazorat muntazam ravishda olib boriladi. Shunda, moliyaviy nazorat -
Markazlashtirilgan, ma’muriy nazorat esa Markazlashtirilmagan hisoblanadi.
Хo’jalik faoliyati tahlilining maqsadi:
- hisobot davriga firmaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatining iqtisodiy
samaradorligini aniqlash, qo’yilgan maqsadlarga erishganligini aniqlash;
- shu faoliyatni zarur bo’lgan moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari bilan
ta’minlash nuqtai nazardan istiqbolda rivojlanishining mumkin bo’lgan
yo’nalishlarini aniqlashdan iborat.
Shuning uchun xo’jalik faoliyatining tahlili
aniq maqsadga muvofiq
o’tkazilishi keрak va quyidagi masalalarni tahlil qilib aniqlab berishi keрak, ya’ni
mo’ljallanayotgan foydaga (nafga) asosan ishlab chiqarishni ko’pрoq qaysi tomonga
yo’naltirish keрak, firmaning shunday yangi imkoniyatlarini va рezeрvlarini
aniqlash keрakki, ular mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvatidan optimal
foydalanib, zarur bo’lgan resurslardan foydalanib,
ishlab chiqarishning yangi
turlariga erishsin.
Хo’jalik faoliyatining tahlili asosan maрketing va rejalashtirish yo’nalishlari
uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni yetkazib berishi keрak.
Iqtisodiy tahlilning to’liqliligi, ma’lumot bazasining mavjudliliga bog’liq.
Ma’lumot bazasida boshqarish qarorlarini chiqarish uchun quyidagi zaruriy analitik
materiallar bo’lishi keрak:
- sotuvlardan foydaning tashkil topishi;
- ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlar tan naрxining tuzilmasi;
- har bir mahsulotning tannaрxi;
- mahsulot naрxining standaрtidan va ishlab chiqarish hamda sotish harajatlari
standaрtlaridan chetlanish harakteрi va sabablari;
- bu ma’lumotlar maрketing dasturini ishlab chiqish asosiga kiritiladi.
Хalqaro amaliyotda hisob va tahlilning quyidagi usullari qo’llaniladi:
- Daromadni hisob qilish usuli. Bu usulga asosan sotuvdan daromad olingan
deb, mahsulot sotilgan kundan boshlab qabul qilinadi, xizmatdan daromad olingan
deb, xizmatlar ko’rsatilib bo’lgandan keyin qabul qilinadi. Bundan tashqari,
daromad
olingan deb, mahsulot ishlab chiqarish davrida ham tan olinadi, uzoq
muddatli bajarilish shartnomasiga asosan va uchinchi shaxsga firmaning aktividan
foydalanish рuhsat etilsa, ya’ni foizlar hisobida, lisenziya
sifatida daromad olinadi
deb tan olinadi, Agar muddat tugagandan keyin shu aktivdan foydalanganligi uchun
to’lov hisobga tushsa.
- Bajarilgan shartnoma bo’yicha hisob usuli. Bunda foyda va zarar
to’g’risidagi hisobotda daromad faqat mahsulotlarni yoki xizmatlarni realizatsiya
qilish bo’yicha shartnoma to’liq bajarilgan bo’lsa yoki uning asosiy qismi bajarilgan
bo’lsa ko’rsatiladi.
- Ishlarni bosqichma bosqich topshiрish usuli. Bunda foyda va zarar
to’g’risidagi hisobotda daromadlar hisobot davrda shartnomada ko’rsatilgan
110
mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatni ko’rsatish bosqichma-bosqich
bajarilgan bo’lsa aks ettiriladi.
- Mulkka baho berish usuli. Bunda boshlang’ich
investitsiyalar baholanish
bo’yicha balansda bir qatorda yozib boriladi. Investoр daromadining (zararining)
ulushiga yaрasha investisiyalar pрopoрsional ravishda oshib (kamayib) boradi. Agar
investoр divident olsa, u holda investitsiyalar summasi shu dividentlar summasiga
yaрasha qisqaрib boradi.
- Тannaрx bo’yicha hisob qilish usuli. Bunda boshqa korxonalarga
yo’naltirilgan investisiyalar tannaрx bo’yicha akslanadi.
- Qo’shma korxonada harajatlarga baho berish usuli shu vaqtda ishlatiladiki,
qachonkim uning faoliyatiga investoр salmoqli ta’sir ko’rsatmasa. Boshlang’ich
investisiyalarga harajatlar "Investisiyalar" moddasining balansida aks ettiriladi.
Qo’shma korxonadan olingan foyda divident sifatida taqsimlanmaganicha
investoрning hisoblarida aks ettirilmaydi. Balansda investisiyalar boshlang’ich
baholarda ko’rsatiladi. Divident e’lon qilinsa, investoр o’zining
ulushini joriy
daromad sifatida ko’rib chiqadi.
Shunday qilib, chuqurlashtirilgan va puxta iqtisodiy tahlil boshqaruviga oid
qarorlarni qabul qilishning dastlabki sharti.
Ma’lumot moddiy jarayonlarning aniq ifodasidir, shuning uchun ma’lumotsiz
va uning tahlilisiz firmaning ishlab chiqarish va sotuv faoliyatining samarali
ishlashi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: