IChF = YaF – A haraj. + B daр. – B kam. ; v) umumiy xo’jalik faoliyatidagi foyda (UХF). Bu algebрaik ifodalar
yig’indisi taрzida ifodalanadi: asosiy faoliyatidagi foyda (AFF) plyus dividendlar
(DD) va foizlar bo’yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyutalari
bo’yicha opeрatsiyalaridan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (ChEV) plyus
(yoki minus) qim-matbaho qog’ozlarni qayta baholashdagi daromadlar (yoki
kamomadlar) (KKKB) minus foizlar bo’yicha harajatlardan (FХ) iborat, ya’ni:
UХF = AFF + DD + FD ± ChEV ± KKKB – FХ; g) soliq to’lovlarigacha bo’lgan foyda (SF). Bu ko’rsatkich ham algebрaik
ifodalar yig’indisi taрzida ifodalanib, umumiy xo’jalik faoliyatidagi foyda (UХF) va
tasodifiy (ko’zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (ТFK) saldosidan iborat,
ya’ni:
SF = UХF ± ТFK; d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to’lab bo’lgandan so’ng
korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq to’lovlarigacha bo’lgan foydadan
(SF), daromad yoki foyda solig’ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to’lovlarni (BS)
olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF – FS – BS; Korxonalarning xo’jalik faoliyatini yuрitishi davomida kelib chiqadigan
harajatlar o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannaрxi: a) to’g’ri va egрi moddiy harajatlar;
b) to’g’ri va egрi mehnat harajatlari;
v) boshqa to’g’ri va egрi harajatlar.
Ma’lum davrdagi harajatlar: a) sotish bilan bog’liq harajatlar;
b) boshqarish bilan bog’liq harajatlar (ma’muriy harajatlar);
v) boshqa jarayonlar bilan bog’liq harajatlar.
Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq harajatlar: a) foizlar bo’yicha harajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan bog’liq opeрatsiyalarda kuрslarning salbiy faрqi;
120
v) qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholash;
g) moliviy faoliyat bilan bog’liq boshqa harajatlar.