118
18.1. Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari
Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish
bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul
mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator
vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni
moliyaviy ta’minlash, ularga
xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning
taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi
qismini korxonalar,
iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari,
mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning
rag’batlantiruvchilik vazifasi,
birinchidan, yaratilgan mahsulot
qiymatini taqsimlash jarayoni orqali,
ikkinchidan, pul fondlarini
tashkil qilish va
saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab
chiqarish samaradorligiga,
uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli
ta’sir ko’rsatadi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol
ustidan nazorat qilish
vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib
olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar
jamiyatning
moliya tizimini tashkil qiladi.
Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan
faрqlash lozim.