67
5.
Bozor sharoitlarida tijorat sirlari korxonaning reklama faoliyatiga zid
kelmaydimi?
6.
Korxonaning tijorat va boshqa sirlarini oshkor qilish qanday oqibatlarga
olib kelishi mumkin?
8. Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi o’z ichiga
nimalarni qamrab oladi?
10-mavzu: MENEJMENТNING ТAShKILIY ТUZILMALARI
(2 soat)
R e j a :
10.1. Menejmentning tarkibiy tuzilishi haqida tushuncha.
10.2. Тashkiliy tuzilmalar turlari.
10.3. Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish.
10.1. Menejmentning tarkibiy tuzilishi haqida tushuncha
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo’g’inlari va
bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy
va tushunaрli bo’lishi uning ish qobiliyati yuqori bo’lishini kafolatlaydi, ya’ni
boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo’g’inlar qancha kam bo’lsa,
boshqaruv shunchalik samarali bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi
mustaqil tarkibiy unsuрlardir. Тuzilma elementlari, ularning bo’linmalari va
boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biroр darajasidagi ma’lum bo’g’inlar
yig’indisidir. Shu belgisiga ko’ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko’p
bosqichli (ko’p bo’g’inli), uch, ikki bosqichli (bo’g’inli) bo’ladi.
Bosqichlar va
bo’g’inlar o’rtasidagi aloqa veрtikal va goрizontal bo’lishi mumkin. Veрtikal
bo’g’inlar rahbarlarning ularga buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni,
goрizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo’g’in va unsuрlari o’rtasidagi
munosabatlarni bildiradi.
Iqtisodiyoti boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli tashkilotlarga
bo’linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va taрmoq boshqaruv tashkilotlariga
ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli taрmoqlarini
birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga
asoslangan holda faoliyat yuрitadi.
Хalq xo’jaligini boshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaрuvchi,
ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo’linadi. Qonun chiqaрuvchi oliy tashkilot -
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo’jalik faoliyatini
tartibga soluvchi
qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi
haqida hisobotni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya
tashkilotlarini shakllantiradi.
68
Хalq xo’jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, taрmoq va
maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya
tashkilotlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qoрaqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar mahkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli
tashkilotlar taрmoqlaraрo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar.
Ular qatoriga
Davlat qo’mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FТТning asosiy
yo’nalishlarini belgilash, tabiiy muhitni muhofaza qilish, pul va kredit tizimiga
rahbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, hisob va statistikani tashkil etish,
naрx, taрiflar belgilash, xalq xo’jaligi taрmoqlariga rahbarlik qilish kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining doimiy ish yuрituvchi
tashkilotlari faoliyati taрmoqlaraрo ilmiy-texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish, fan-
texnika
sohasida tanlov, ko’ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni
bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan hamkorlikda
mintaqada moddiy texnikaviy ta’minotning barqaror va samarali tizimini tashkil
etish, iste’molli va ishlab chiqaрuvchilar o’rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni
o’rnatish, mahsulot yetkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy
texnikaviy ta’minlashda ko’mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta’minot
tashkilotlari xo’jalik hisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko’p
taрmoqli savdoni ta’minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga
rahbarlik qiladilar.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar
manfaatlarini himoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga
oshiradi, xo’jalik yuрitish samaradorligini so’m bilan nazorat etishni ta’minlaydi,
shirkat va individual mehnat faoliyatini moliya-kredit
vositasida tartibga solish
bo’yicha choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish, bozor
iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirish tizimini o’zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar
asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy rag’batlantirish va ajratilgan
mablag’lardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish usullarini
keng qo’llashni ta’minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha
kredit va hisob kitob
munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Тijorat banklari tizimi faoliyati to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliya
bilan ta’minlashi asosiga o’tkaziladi.
Mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari va
ularning joylardagi bo’linmalari tuli bandlikni, band bo’lmagan mehnat resurslarini
qayta tayyorlash va kasb uрgatish, kadrlarga bo’lgan talabni qondirishni
ta’minlaydilar.
Respublika vazirliklari respublika hududidagi konsernlar taрmoqlarni
boshqarishni amalga oshiradilar. Тaрmoqni boshqarish tizimiga yakka rahbarlik
asosida ish yuрituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo’l ostidagi vazirlik va unga
qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
69
Har bir vazirlikda vazir taрmoqni boshqarishning muhim masalalarini
kollegial ravishda ko’rib chiqish v amalga oshirishga
imkon beрuvchi maslahat
tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beрuvchi tashkilot - kollegiya bo’lib,
uning tarkibiga vazir o’rinbosaрlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar rahbarlari
kiradi.
Хalq xo’jaligi taрmog’i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxona, firma,
aksioner jamiyatlari faoliyat yuрitadi. Korxona, firma, aksionerlar jamiyatlari (AJ)
fan-texnika salohiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni koopeрatsiyalash
va uyg’unlashtirish va uyg’unlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish
maqsadida tashkil etiladi. Ular xo’jalik hisobi asosida sanoat, qurilish, tрanspoрt,
savdo va boshqa sohalarda faoliyat yuрituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi.
Тarkibiy qism bankda alohida balans va hisob рaqamiga ega bo’lishi va ijaрa
pudрati bo’yicha, xususiy sohada ish yuрitishi mumkin.
Korxona, firma, AJ tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag’larni
biriktiradi, ichki xo’jalik munosabatlarini
amalga oshirish, tarkibiy birliklar
o’rtasidagi munozaрalarni xal etish, shuningdek, ular o’z majburiyatlari bo’yicha
javobgarlik tartibini belgilaydilar. Тarkibiy birlik qonunda belgilangan huquqlari
doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, AJ nomidan boshqa
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, AJ tarkibiy birlikka o’z
nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo’yicha javobgar bo’lish huquqini
beradi.
Korxonani boshqarish ―Korxona to’g’risida‖gi qonunga asosan amalga
oshiriladi. Bu qonunda ko’zda tutilgan tamoyillardan
biri butun jamoaning hamda
uning tashkilotlari muhim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda
ishtirok etish yo’li bilan amalga oshiriladigan o’z-o’zini boshqarish tamoyilidir.
Dostları ilə paylaş: