62
Korxona rahbariyati yoki aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qaroriga ko’ra,
muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta’minlashning
murakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb
qilgan holda vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati
quyidagilarni amalga oshiradi:
ma’muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o’rnatish va
ta’minlash, mas’ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta’minlash masalalari
bo’yicha huquq
va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, korxonaning
mazkurfaoliyat turi sohasidagi vakolat funksiyalarini amalga oshirishga oid qarorlar
tayyorlash yo’li bilan amalga oshiriladi;
xo’jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini
ta’minlashda zarur bo’lgan resurslarni belgilash, korxona mulki va intellektual
boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini
tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etishi yo’li bilan amalga oshiriladi;
hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim
yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid
soluvchi xavf-xatarning oldini o’z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash,
xavfli holatlarni nazorat qilishni yo’lga qo’yish, korxona xavfsizligiga ta’sir
ko’rsatuvchi salbiy omillarni hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy
ehtiyojlariga tahdid soluvchi g’irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va
tashkilotlar haqida ma’lumotlar yig’ish yordamida amalga oshiriladi;
ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining
kadrlarni joylashtirish,
mehnat jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishi sabablari
va sharoitlarini aniqlash, janjallarning oldini olish, xodimlarga yo’riqnoma berish,
ularda belgilangan xavfsizlik normalariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg’usini
shakllantirishdagi ishtiroki orqali amalga oshiriladi;
tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini
boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo’llab-quvvatlash va o’z
vaqtida qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko’rsatish, faoliyatning alohida
yo’nalishlari bo’yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo’g’inlar
o’rtasida belgilangan dasturiy maqsadlarga erishish uchun o’zaro
aloqalar va
muvofiqlashtirishni tashkil etish yordamida amalga oshiriladi;
rejali ishlab chiqarish funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ularni amalga
oshirish, xavfsizlik tartibini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarni
tayyorlash va bajarish yordamida amalga oshiriladi;
tashkiliy-texnik funksiya, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy-texnik
jihatdan ta’minlash,
maxsus texnikalar hamda yangi, progрessiv texnologiyalar,
maxfiy tartib va boshqa maxsus faoliyatlarni o’zlashtirish yordamida amalga
oshiriladi;
ilmiy-uslubiy funksiya, korxona xavfsizligini ta’minlashning ilg’or
tajribalarini to’plash va taрqatish, xodimlarni o’qitishni tashkil etish, korxona oldida
yuzaga keluvchi korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolarni hal qilishning
63
ilmiy jihatdan ishlab chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko’rsatmalar
bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi;
axborot-tahlil funksiyasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlarni maqsadli ravishda
yig’ish, to’plash va ular bilan ishlash, buning uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni
analitik tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan
foydalanish, korxonaning manfaatdor bo’linmalari va alohida
shaxslarni xavfsizlik
xizmatida mavjud bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga
oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan funksiyalar korxona xavfsizlik xizmatining zarur
tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga imkon beradi.
Korxona xavfsizlik xizmati Nizomida uning maqsad va vazifalari, huquq va
majburiyatlari, nazorat-taftish faoliyati belgilab beriladi. Хavfsizlik xizmati o’z
faoliyatini korxona xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash va qo’llab-quvvatlash
asosida olib borib, quyidagilarni qamrab oladi:
maxfiy tartibdagi faoliyatni tashkil etish;
axborot xavfsizlini ta’minlash;
muhandislik-texnik muhofaza;
mehnat jamoalaridagi salbiy yo’nalishlarning oldini olishga oid faoliyat.
Dostları ilə paylaş: